Sport yangiliklari - FutbolUz.net

“Toshkent yo'lbarsi”: Ringdagi zafarlardan mangulikka qadar
Manba: Milliy olimpiya qo'mitasi

“Toshkent yo'lbarsi” nomi bilan shuhrat qozongan afsona, Olimpiya o'yinlari va jahon chempionatlarida shohsupaga ko'tarilgan ilk o'zbek bokschisi Rufat Risqiyev 15-avgust kuni 76 yoshida vafot etdi.

O'zbekiston sporti tarixida shunday siymolar borki, ularning nomi nafaqat bir davrning yorqin ramziga, balki butun boshli milliy sport maktabining poydevoriga aylanadi. Rufat Risqiyev ana shunday afsonaviy shaxslardan biri hisoblanadi. “Daryo” nashri ushbu afsonaviy bokschining hayot yo'li, Olimpiya o'yinlaridagi shohsupasi hamda xalqaro e'tiroflari haqida hikoya qiladi.

Hayot yo'lining boshlanishi va boksga kirib kelishi

Rufat Asadovich Risqiyev 1949-yil 2-oktabrda Toshkent viloyatining Oqqo'rg'on shahrida, shifokor oilasida tavallud topgan. Uning boks olamiga kirib kelishi o'smirlik yillariga to'g'ri keladi. “Toshkent yo'lbarsi” 12 yoshida Toshkentda afsonaviy murabbiy Sidney Jekson qo'l ostida boksning ilk saboqlarini ola boshlagan. 14 yoshidan e'tiboran u “Burevestnik” sport jamiyatida mashg'ulotlarni davom ettirdi. 1966-yildan boshlab esa tajribali murabbiy Boris Granatkin bilan birga ishlab, o'zining professional jangovar uslubi va mahoratini charxlab bordi. Mahoratli charm qo'lqop ustasi qisqa fursat ichida murabbiylar e'tiborini qozondi va milliy hamda Butunittifoq turnirlarida yuqori natijalarni ko'rsata boshladi.

Yorqin faoliyat va xalqaro e'tirof

Rufat Risqiyevning sportdagi yo'li jasorat, mashaqqatli mehnat va yuksak mahorat bilan yo'g'rilgan. U o'zining betakror uslubi, chaqqonligi va hal qiluvchi zarbalari bilan nafaqat tomoshabinlar, balki mutaxassislar e'tiborini ham tezda qozondi. Sobiq Ittifoq va xalqaro turnirlarda ketma-ket g'alabalarga erishgan bokschi qisqa fursatda jahon arenasi qahramoniga aylandi. 1973-yilda Kuba ochiq chempionatida ham zafar quchadi. Ammo uning sport faoliyatidagi eng yuksak cho'qqi 1974-yilga to'g'ri keladi. Kuba poytaxti Gavana shahrida o'tkazilgan havaskor boks bo'yicha birinchi Jahon chempionatida Rufat Risqiyev barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, oltin medalni qo'lga kiritdi. Aynan shu turnirning hal qiluvchi janglarida Rufat Risqiyev o'ng qo'li singaniga qaramay, matonat ko'rsatib ringga chiqqan va kuchli og'riq bilan jang oxirigacha kurushgan edi. Shu tariqa, u Jahon chempioni unvoniga sazovor bo'lgan ilk o'zbek bokschisi sifatida tarixga kirdi.

Olimpiyada shohsupasi va dunyo e'tirofi

Ushbu tarixiy g'alabadan so'ng ham u o'z ustida ishlashdan to'xtamadi. 1976-yilda Monreal (Kanada) shahrida bo'lib o'tgan XXI yozgi Olimpiya o'yinlari finalida amerikalik bokschi Maykl Spinksga qarshi ringga ko'tarilgan. Uchinchi raundda Spinks taqiqlangan zarba yo'llagan. Risqiyev esa hakamga buni qoidabuzarlik sifatida ko'rsatgan bo'lsa-da, referilar zarbani inobatga olib, g'alabani amerikalikka berishgan. O'zbekistonlik bokschisi esa kumush medalni qo'lga kiritgan edi. Ushbu bahsli jangdan so'ng u katta sport bilan xayrlashishga qaror qilgan.

Faoliyati davomida u AQSH, Kuba, Avstriya, Yugoslaviya va Ispaniyada o'tgan xalqaro turnirlarda zafar quchib, o'zining “Toshkent yo'lbarsi” degan faxriy nomiga har jihatdan munosib ekanini isbotladi.

Ringdan so'ng: Hakamlik va davlat mukofotlari

Sportchilik faoliyatini yakunlaganidan keyin ham Rufat Risqiyev charm qo'lqop ustasi sportdan uzoqlashmadi. 1979-yili uning hayoti va sportdagi faoliyatiga bag'ishlangan “Ringga chaqiriladi...” badiiy filmida bosh rol — jahon chempioni bo'lgan o'zbek yigiti Rufat Qudratov obrazini shaxsan o'zi talqin etgan. 1997-yilda u WBA (Jahon boks assotsiatsiyasi) hakamlar tarkibiga kirib, Markaziy Osiyodan yetishib chiqqan ilk xalqaro toifadagi professional boks hakami darajasiga erishdi. U ko'plab mas'uliyatli va nufuzli xalqaro janglarda adolatli hakamlik qildi. Bundan tashqari, Bokschi “Dinamo” sport jamiyatida yo'riqchi, Toshkent politexnika instituti kafedra mudiri, Respublika olimpiya o'rinbosarlari bilim yurtida murabbiy sifatida faoliyat yuritgan.

Uning o'zbek sportini dunyoga tanitish va yosh avlodni tarbiyalashdagi xizmatlari yuksak baholanib, bir qator oliy davlat mukofotlari — “Hurmat belgisi”, “Buyuk xizmatlari uchun” hamda “El-yurt hurmati” ordenlari bilan taqdirlandi. U faoliyati davomida 189 marta jang o'tkazib, 174 martasida g'alaba qozongan.

Ketma-ket zafarlar va shon-shuhratga boy hayot keyinchalik jiddiy sinovlarga yuz tutdi. 2016-yilning sentyabr oyi oxirlarida salomatligi yomonlashgani sababli Toshkent shahridagi 16-shifoxonaga yotqizildi. Venalar trombozi og'irlashishi natijasida shifokorlar uning o'ng oyog'ini tizzadan past qismini kesib tashlash (amputatsiya) bo'yicha jarrohlik amaliyotini o'tkazishga majbur bo'lishdi. U hayotning ushbu og'ir va murakkab sinovini ham kuchli irodasi bilan qarshi oldi.

2023-yil iyul oyida Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) rahbari Umar Kremlyov o'zbekistonlik bokschi Rufat Risqiyevga “Malibu-2” mashinasini topshirgan edi. O'shanda faxriy sportchi IBA prezidentining faxriylar masalasida maslahatchisi etib tayinlangan. Bir muddat avval unga 10 000 dollar miqdorida mukofot berdi. Uchrashuv davomida Rufat Risqiyev IBA tomonidan har oy 1000 dollar miqdorida rag'batlantirilishiga qaror qilingan edi.

Afsonaning boqiy xotirasi

Buyuk shon-shuhrat yo'lini bosib o'tgan, o'zining jasorati va betakror mahorati bilan o'zbek sporti tarixiga oltin harflar muxrlangan.

Rufat Risqiyev shunchaki chempion emas edi — u butun bir avlodga xalqaro maydonlarda g'alaba qozonish mumkinligini isbotlab bergan va milliy boks maktabining haqiqiy poydevorini qo'ygan buyuk yo'lboshchi bo'ldi. Bugungi kunda O'zbekiston boks bo'yicha tengsiz bo'lsa, ushbu boks maktabning ilk tamal toshini “Toshkent yo'lbarsi” qo'ygan edi.

U dunyoni tark etgan bo'lsa-da, uning matonati, yorqin janglari hamda o'zbek sporti bayrog'ini ilk bor jahon shohsupasida baland hilpiratgani haqidagi xotiralar asrlar davomida yashayveradi. Rufat Risqiyevning porloq siymosi o'zbek xalqi va millionlab sport ixlosmandlari qalbidan hech qachon o'chmaydi.

Manba: Daryo.uz

Shahram G'iyosov nega Shohjahon Ergashevga javob qaytarmasligini aytdi
O'zbekistonlik professional bokschi Shahram G'iyosov jurnalist Amirxon Umarovning “Markazda gaplashamiz” ko'rsatuvida mehmon bo'lib, o'ziga muntazam ravishda jang taklif qiladigan raqibining chorlovlariga qanday munosabatda ekaniga oydinlik kiritdi.

Dastur davomida boshlovchi ism-shariflarni ochiqlamagan holda, bokschiga muntazam ravishda jangga chorlaydigan hamkasbi haqida savol berib, bu masalaga qachon nuqta qo'yilishi bilan qiziqdi. Boks muxlislariga yaxshi ma'lumki, ushbu vaziyatda gap G'iyosovning azaliy raqibi Shohjahon Ergashev haqida bormoqda.

“Men nuqta qo'ymayman, barchasiga hayotning o'zi nuqta qo'yadi. Biz emas, bizning qilayotgan ishimiz, bosib o'tayotgan yo'limiz so'zlashi kerak. Bizni kuzatayotgan insonlar gapirsin. Kim 'vizov' tashlaydi, kim yomon yoki yaxshi gapiradi — menga umuman farqi yo'q. Ortimdan otilgan toshlarga qaramayman, mening bitta maqsadim bor va faqat oldinga boraman”.

Shuningdek, suhbat davomida boshlovchining “Sizning bu pozitsiyangizni raqibingiz qachon tushunib yetadi, deb o'ylaysiz?” degan savoliga G'iyosov keskin tarzda javob qaytardi:

“Tushunmaydiganlar hayotda ham tushunmaydi. Tushunchasi past insonlar buni hech qachon tushunmaydi”, deya ta'kidladi charm qo'lqop ustasi.

Ma'lumot o'rnida, professional boksning birinchi yarim o'rta (super yengil) vazn toifasida harakat qiluvchi o'zbekistonlik bokschilar — Shahram G'iyosov va Shohjahon Ergashev o'rtasidagi ziddiyat ancha yillardan buyon davom etib keladi. Ijtimoiy tarmoqlar orqali bir necha bor tortishuvlar kuzatilgan bo'lsa-da, hozircha ular professional boksda to'qnash kelmagan.

Manba: Daryo.uz

Ronaldu Toshkentga, Benzema Farg'onaga keladi: Elit OCHL musobaqasiga qur'a tashlandi
Osiyo futbol konfederatsiyasining Kuala-Lumpurdagi qarorgohida Elit Osiyo Chempionlar Ligasi musobaqasi uchun qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Bu yil musobaqada 24 jamoa emas, 32 ta jamoa qatnashadi. Unda O'zbekiston sharafini “Neftchi” hamda “Paxtakor” klubi himoya qiladi. Har bir jamoa 8tadan o'yin o'tkazadi. 4ta uchrashuv o'z maydonida, yana 4ta o'yin esa safarda bo'ladi.

Quyida “Neftchi”ning raqiblari bilan tanishishingiz mumkin:

“Al-Ahli” (Saudiya Arabistoni)

“Al-Hilol” (Saudiya Arabistoni)

“Al-Ittihod” (Saudiya Arabistoni

“An-Nassr” (Saudiya Arabistoni)

“Al-Qodisiya (Saudiya Arabistoni)

Quyida “Paxtakor”ning raqiblari bilan tanishishingiz mumkin:

“Al-Qodisiya” (Saudiya Arabistoni)

“Al-Ittihod” (Saudiya Arabistoni)

Manba: Daryo.uz

“Yopiq aylana”. Nega yangi top-klublar paydo bo'lmaydi?
Angliyada an'anaviy “Top-6” degan tushuncha bor va bu ro'yxatga “Manchester Yunayted”, “Liverpul”, “Arsenal”, “Chelsi”, “Manchester Siti” va “Tottenhem” klublari kiradi. O'n besh yillardan ko'proq vaqt oldin bu “Top-4” edi, “Manchester Siti”ni shayxlar sotib olib, katta klubga aylantirishdi, “Tottenhem” ham bu davraga qo'shildi. Qizig'i shundaki, Angliya chempionatining oxirgi 7 yilida faqat bir marta turnir jadvalining eng yuqori olti pog'onasini shu jamoalar band qilgan, qolgan barcha mavsumlarda “Lester”, “Aston Villa”, “Nyukasl” va hatto “Vest Hem” ham oltilikka aralashgan. Shunda ham haligacha “Top-6” iborasi ishlatiladi va bundan keyin ham shunday qolsa kerak.

Masalan, “Aston Villa” oxirgi uch mavsumni YCHL zonasida tugatdi, faqat bittasida to'plar nisbati tufayligina yo'llanmadan quruq qoldi. Yevropa Ligasini ham yutdi. Lekin Morgan Rojers “Chelsi”ga, Yuri Tilemans esa “Manchester Yunayted”ga yo'l oldi — ularning eng muhim ikkita futbolchisi. Darvoqe, Lyuka Din Parijda, hali Konsani ham “Arsenal” olib qo'yishi mumkin. “Villa”-ku mayli, hozircha kichikroqdir, “Nyukasl”-chi? Bir necha yil oldin Saudiya Arabistoni investorlari klubni sotib olishgach, bizni yangi “Manchester Siti” loyihasi paydo bo'layotganiga ishontirishgandi. Hatto tarkib evolyutsion yo'l bilan asta-sekin kuchaytirilib, natijalar yaxshilanib borgan sari, bu loyiha ancha aqlli yuritilayotganiga amin bo'lgandik. Quyida Eddi Hau kelganidan keyin, ya'ni so'nggi besh yildagi natijalar:

Foto: Opta

“Nyukasl” ham Chempionlar Ligasida munosib qatnashdi: “PSJ”ni yutdi, “Barselona” bilan yaxshi o'yinlari bo'ldi, Angliya Liga Kubogini ham qo'lga kiritdi. O'tgan yoz esingizda bo'lsa, hatto hujumda Ekitike — Isak juftligini shakllantirishga ham urinib ko'rdi. Katta transferlari ham yo'q emas.

Ammo qarangki, bu yozda “Nyukasl”ni ham “talashmoqda”: Gimaraes “Arsenal”da, Tonali “Tottenhem”da, Gordon esa “Barselona”ga ketdi. Eddi Hau ham yo'q, endi hammasi boshqatdan boshlanishi kerak. Nega shunaqa?

Foto: Kollaj/“Daryo”

Abramovich “Chelsi”ni sotib olganda, jamoa bugungi “Nyukasl” yoki “Villa”dan kichikroq edi. “Manchester Siti” undan ham kichik, “PSJ” esa Yevropada bugungidek nufuzga ega emasdi. Nega asr boshlarida uddalashning iloji bo'lgan loyihalar bugun o'xshamayapti? Xato nimada?

Foto: Getty images

Bilasizmi, hech kim xato qilmayapti, shunchaki, bugungi shartlarda yangi top-klub paydo bo'lishining deyarli imkoni yo'q, nazarimda. Asr boshlarida “Chelsi” hozirgidek faol edi, lekin ularning har bir transferi top darajada bo'lgan. “Manchester Siti” Messiga bo'sh chek jo'natgan, deyishadi; biroz mubolag'a bo'lsa-da, ko'pchilik bunga ishongan, zero klubning transfer siyosati mana shunday agressiv edi. Futbolga investitsiya kiritish obro'li ishga aylangach, mana shunday investorlar paydo bo'la boshladi va bu biz bilgan an'anaviy top-klublarni, jumladan, “Bavariya”, “Real”, “Manchester Yunayted” yoki “Barselona” kabi klublarni tashvishga sola boshladi. Ma'lum muhim davrdagi to'g'ri ishlari, ulkan fanbazasi va yuqori futbol daromadlari tufayli Yevropa futbolida gegemonga aylangan hamda har mavsum sovrinlardan tortib, eng yaxshi futbolchilarni ham pirog kabi bo'lib oladigan bu klublarga yangi, radikal investorlar yoqmadi. Kuchlar teng emasdi: investorlar katta pullar bilan avval eng osoni — futbol yulduzlarini o'z tomonlariga og'dirishgan bo'lsa, keyin futbol maydonida, marketing bozorida raqobat qila boshlashdi. Yakunda yangi avlod muxlislari ham e'tiborini qaratdi — dunyoning har chekkasida “PSJ” yoki “Manchester Siti” libosini kiyib yurgan yosh bolalarni ko'p ko'rasiz.

Xullas, yangi raqiblar va qo'shimcha poyga katta klublarni tashvishga sola boshladi, ular asta-sekin UEFAni o'z ta'siriga olishdi. Tabiiyki, doimiy muvozanat va barqarorlik UEFA uchun ham muhim, futboldan tashqaridagi investorlar esa mana shu barqarorlikni buzishardi. Bitta o'xshagan “Chelsi” loyihasiga “Malaga” va “Portsmut” kabi inqirozlar ham to'g'ri kelardi. Demak, xarajatlar va daromadlar nazorat qilinishi shart.

Yevropada har yoz ko'p bor tilga olinadigan “Moliyaviy feyr-pley” cheklovlari 2009-yildan 2013-yilgacha asta-sekinlik bilan joriy qilina boshlandi. Sababi, endi o'sha tashqi pullar tufayli futbolda raqobat oshib, transfer va maoshlar keskin o'sib ketgan, klublar daromadidan ko'proq xarajat qilishga majbur bo'layotgandi. 2009-yilga kelib Yevropa yuqori divizionlarining umumiy zarari 1,6 milliard yevroga yetgandi. Bunday davom etishi futbolni xavf ostiga qo'yardi; rus va Qatar boylari bilan raqobatga kirishadigan professional klublar agar sarflashda davom etsa, oqibati yanada yomon bo'lishi turgan gap edi. Yaxshisi, futbolni tashqi pullardan tozalab, sof va tabiiy yo'l bilan rivojlanishga qo'yib berish deb topildi.

Ya'ni, har bir klub o'zi ishlab topadigan futbol daromadlaridan ortig'ini ishlata olmaydi. Abramovich o'z biznesidan topgan puliga “Chelsi”ga futbolchi olib berishi mumkin emas. “Chelsi” faqat translatsiya huquqlari, marketing shartnomalari, chiptalar va transfer sotuvlari yordamida pul topib, faqat mana shu pullarni sarflashi mumkin. Abramovich shunchaki aqlli boshqaruvni yo'lga qo'yishi kerak, xolos. “Manchester Siti”ga qo'yilayotgan 115 ta ayblovning ortida ham mana shu nazorat yotibdi — go'yoki, klub soxta shartnomalar orqali o'z daromadlarini yuqori qilib ko'rsatgan yoki xarajatlarni kamaytirgan, turli aylanma yo'llar bilan homiylardan pul olib kirgan va hokazo. Xullas, yangi davrga qadam qo'yildi.

Bilasizmi, doim bo'lganidek, tanganing ikkinchi tomoni ham bor. “Futbol daromadlari” deyapmiz-u, uning hajmi baribir to'g'ridan to'g'ri fanbaza bilan bog'liq. Klubning dunyo bo'ylab muxlislari qancha ko'p bo'lsa, unga bo'lgan qiziqish qanchalik yuqori bo'lsa, klubning daromad olish imkoniyati yanayam oshadi, to'g'rimi? Muhim jihat shundaki, 80–90-yillarda top-klublar saralanib bo'lgan: Italiya, Ispaniya va Angliya grandlari ma'lum, tabiiyki, butun dunyo ularga muxlislik qiladi, qiziqish bildiradi. Bu yerdan o'z ulushini olish uchun klub bir necha yil o'ta muvaffaqiyatli qatnashib, bir nechta muhim sovrinlarni qo'lga kiritishi, futbol yulduzlarini jalb qila olishi kerak.“Chelsi” Mourinyo bilan juda qiziqarli jamoaga aylangan va barchaning e'tiborini qozongan, “Manchester Siti” tarkibi uchun katta pul sarflab sovrinlar yutishni boshlagan, Gvardiola jamoa g'alabalarini barqarorlashtirdi, “PSJ” esa Enrike boshchiligida sovrin mashinasiga aylandi.

Sezyapsizmi, qandaydir yopiq aylana paydo bo'lyapti. Bir kichik klub, masalan, “Nyukasl” haqiqiy top darajaga chiqishi uchun bir necha yil barqaror shaklda yuqori o'rinlar va sovrinlar uchun kurashishi kerak. Sovrinlar uchun kurashishning yo'li — tarkibni kuchli futbolchilar bilan to'ldirish. Kuchli futbolchilarni jalb qilish uchun esa katta pul sarflash kerak. Katta pullarni sarflay olish uchun esa klubning futbol daromadlari katta bo'lishi zarur. Futbol daromadlari yirik bo'lishi uchun esa klubning o'zi ham katta bo'lishi kerak. Klub katta bo'lishi uchun esa... Yana eng boshiga qaytamiz, aylana yopildi. Bu yopiq aylanaga kirishning iloji yo'q. Ilgari klublar “yuqori o'rinlar uchun kurashishga kuchli futbolchilar kerak” degan bosqichda tashqaridan pul sarflab tarkibni kuchaytirib olishardi, xuddi “Chelsi” yoki “Manchester Siti” kabi. Hozir bunday pul ishlata olmas ekansiz, tabiiyki, aylanaga kira olmaysiz.

Foto: Premier league

Shuning uchun ham “Aston Villa” o'tgan mavsum 4-o'rinni olib, Chempionlar Ligasiga chiqqan bo'lsa-da, Morgan Rojersni “Chelsi”ga sotishga majbur. Sababi, Morgan Rojersning o'zi ham alohida bir loyiha: u ham futbolchi sifatida o'sishni, sovrinlar yutishni istaydi. “Aston Villa” uni olib qolish uchun tarkibni kuchaytirishi, aytaylik, chempionlik uchun kurashishga tayyor ekanini Rojersga ko'rsata olishi kerak. Lekin klubda yangi futbolchilarga sarflash uchun katta pul yo'q, chunki daromad keltiradigan yirik marketing shartnomalari, ulkan fanbaza mavjud emas. “Chelsi” esa o'tgan mavsum hatto 10-o'rinni ololmagan bo'lsa-da, o'sha ishonchni Rojersga bera oladi, zero “Chelsi” qaysi o'rinni olishidan qat'i nazar “Villa”ga nisbatan kattaroq daromad manbaiga ega. “Villa” yetakchi futbolchilarini sotishga majbur bo'ladi va o'rnini boshqalar bilan to'ldiradi. Bu yo'l bilan barqaror o'sishga erishish qiyin, agar bir darajada ushlab turilsa ham katta muvaffaqiyat sanaladi. Eng yaxshi holatda “Aston Villa” yana 4-5-o'rinlar uchun kurashishi mumkin va shuning o'zi ham muvaffaqiyat sanaladi.

Foto: Chelsea

Ko'ryapsizmi, o'sha 2009-yilda o'rnatilgan bugungi shartlarda yangi, barcha sovrinlar uchun kurashadigan top-klub paydo bo'lishining iloji yo'q. Kichik klublar birdaniga katta futbol daromadlarini topa olmaydi. Tashqaridan pul kiritish esa imkonsiz. Ulgurgan ulgurdi.​

Manba: Daryo.uz

“Kalyari” hujumchisi basseynda cho'kib ketishiga sal qoldi: futbolchi reanimatsiyada
Italiyaning “Kalyari” klubi hujumchisi Yael Trepi basseynda cho'kib ketishiga sal qoldi va og'ir ahvolda shifoxonaga yotqizildi. 20 yoshli fransiyalik futbolchi hozirda Sardiniyaning Sassari shahridagi “Santissima Annunziata” shifoxonasining reanimatsiya bo'limida davolanmoqda. Bu haqda Al Jazeera nashri xabar berdi.

Hodisa 17-avgust kuni Sardiniyaning Porto-Chervo hududida yuz berdi. Manbaga ko'ra, Yael Trepi basseynda ko'p miqdorda suv yutib yuborgan va qutqaruvchilar tomonidan suvdan chiqarib olingan. Shundan so'ng u zudlik bilan shifoxonaga yetkazilgan. Mahalliy nashrlarning yozishicha, futbolchi hozirda sun'iy koma holatida.

“Kalyari” futbolchining sog'lig'i bilan bog'liq boshqa tafsilotlarni oshkor qilmagan. Biroq klub bayonotida Trepining hozirda reanimatsiyada ekani va jamoa tibbiyot xodimlari hamda futbolchining oilasi bilan doimiy aloqada bo'lib turgani qayd etilgan. Shuningdek, klub jamoatchilik va OAVdan futbolchining shaxsiy hayotiga hurmat bilan munosabatda bo'lishni so'radi.

Ma'lumot uchun, Trepi 2006-yil 20-mayda Fransiyaning Villeneuve-Saint-Jorj shahrida tug'ilgan. Futbolchilik faoliyatini Fransiyada boshlagan Trepi 2022-yilda “Kalyari” akademiyasiga qo'shilgan. 20 yoshli hujumchi 2026-yildan “Kalyari”ning asosiy jamoasida muntazam maydonga tusha boshladi.

Manba: Daryo.uz

Todd Boeli va Mark Uolter “Chelsi”dagi ulushini sotmoqchi — Financial Times
“Chelsi” direktorlar kengashi raisi Todd Boeli va milliarder Mark Uolter o'zlariga tegishli 12,8 foizlik aksiyalarni klubning asosiy xo'jayini hisoblangan “Clearlake Capital” kompaniyasiga sotish bo'yicha muzokaralar o'tkazdi. Bu haqda Financial Times nashri xabar berdi.

Ayni paytda “Chelsi” aksiyalarining 61,5 foizi “Clearlake Capital” kompaniyasiga tegishli. Qolgan 38,5 foiz ulush esa Uolter, Boeli hamda shveysariyalik tadbirkor Xansyorg Viss o'rtasida taqsimlangan. Ushbu konsorsium London klubini 2022-yilda 2,5 mlrd funt sterling evaziga xarid qilib, jamoaga qo'shimcha 1,75 mlrd funt sarmoya kiritgan edi. Agar ushbu oldi-sotdi kelishuvi amalga oshsa, klubning umumiy qiymati 5 mlrd funtdan (6,8 mlrd dollar) ko'proqqa baholanadi.

Nashrning qayd etishicha, 2022-yildagi xarid shartnomasida dastlabki 10 yil davomida aksiyalarni begona (uchinchi) shaxslarga sotishni taqiqlovchi band mavjud. Shu sababli, Boeli va Uolterning ulushini faqat “Clearlake Capital” yoki Viss sotib olishi mumkin.

Biroz avvalroq Mark Uolter AQSH prokuraturasi tomonidan ehtimoliy moliyaviy firibgarliklar bo'yicha o'tkazilayotgan tergov fonida NBA'ning “Los-Anjeles Leykers” klubini 12 mlrd dollardan ziyod mablag'ga sotib yuborgan edi.

Ma'lumot uchun, “Chelsi” 2003-yildan 2022-yilgacha rossiyalik milliarder Roman Abramovichga tegishli bo'lgan. 2022-yilning mart oyida Buyuk Britaniya unga qarshi sanksiyalar kiritgach, u klubdan voz kechishga majbur bo'ldi.

Manba: Daryo.uz

Joze Mourinyo “Real”da qanday taktikadan foydalanishi ma'lum bo'ldi
Madridning “Real” klubi yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoa o'yinini 4-2-3-1 taktik sxemasi asosida qurishga qaror qildi. Bu haqda Diario AS nashri xabar bergan.

Manbaga ko'ra, ushbu format Vinisius Junior, Kilian Mbappe, Yan Diomande va Jud Bellingemni bir vaqtning o'zida asosiy tarkibda maydonga tushirish imkonini beradi. Shuningdek, portugaliyalik mutaxassis Bernardu Silva ustida ham tajribalar o'tkazmoqda. “Manchester Siti”ning sobiq sardori bitta o'yinning o'zida ham o'ng qanot markaziy yarimhimoyachisi, ham pleymeyker vazifasini bajarishi kutilmoqda.

Mourinyo markaziy yarimhimoyada kimlarni o'ynatishni hal qilgani yo'q. Hozircha bu pozitsiyaga to'rt nafar futbolchi — Tchuameni, Valverde, Bernardu Silva va Kamavinga da'vogarlik qilmoqda. Kamavinga JCHga bormagani uchun mashg'ulotlarga birinchilardan bo'lib qo'shildi va yig'inlarda eng ko'p o'yin amaliyotiga ega bo'ldi. Tchuameni hamda Tyago Pittaki esa jarohati sabab mavsumoldi o'yinlarini o'tkazib yubordi.

Chap qanot himoyachisi, Jahon chempioni Mark Kukurelya jamoaga kech qo'shilgani bois faqatgina “Shalke”ga qarshi bahsning so'nggi 30 daqiqasida maydonga tushdi. Ferlan Mendi esa jarohat olgan. Shu bois ushbu yig'in davomida eng ko'p o'yin amaliyoti Alvaro Karrerasga nasib etdi.

O'ng qanotda Joze Mourinyo Trent Aleksander-Arnold (241 daqiqa) va Denzel Dumfrisni (239 daqiqa) sinovdan o'tkazdi. Ayrim uchrashuvlarda bu ikki futbolchi bir vaqtda maydonda harakat qildi: ingliz futbolchisi o'ng himoyada, niderlandiyalik o'yinchi esa qanot yarimhimoyasida to'p surdi.

Markaziy himoyada muammolar yetarli. Eder Militao va Raul Asensio jarohat tufayli yig'inda deyarli ishtirok eta olmadi. Militaoning terma jamoalar tanaffusidan keyingina safga qaytishi kutilmoqda. Shu bois, yangi mavsum boshida markazdagi ikkita joy uchun Antonio Ryudiger, Din Xeysen va Ibrohim Konate o'zaro raqobatlashadi.

Ma'lumot uchun, “Real” 22-avgust kuni La Liga yangi mavsumining 1-turi doirasida safarda “Espanyol”ga qarshi maydonga tushadi. Mourinyo mavsumoldi tayyorgarlik doirasidagi oltita o'yinda barcha futbolchilarni sinovdan o'tkazdi. “Qirollik klubi” ushbu uchrashuvlarda mag'lubiyatga uchramadi — 5 ta g'alaba va 1 ta durang. Jamoa so'nggi 243 daqiqa davomida, jumladan, “Deportivo” hamda “Shalke 04”ga qarshi bahslarda o'z darvozasidan to'p olib chiqmadi.

Manba: Daryo.uz

Infantino atrofidagi mojaroning Osiyo futboliga ta'siri: OFK va Qatar munosabati yomonlashdi
Manba: Getty images

OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa Qatar futbol assotsiatsiyasining tashkilotga nisbatan bildirgan e'tirozlariga javob qaytardi. Bu haqda Goal nashri xabar berdi.

Avvalroq Qatar futbol assotsiatsiyasi UEFA, OFK va KONKAKAF tomonidan FIFA prezidenti Janni Infantinoni tanqid qilgan qo'shma bayonot e'lon qilinishidan oldin Qatar tomoni bilan maslahatlashilmaganini bildirgan edi.

Shayx Salmon esa OFK nomidan bildirilgan pozitsiyani himoya qildi. Uning ta'kidlashicha, u tashkilot prezidenti sifatida Osiyo futbol konfederaratsiyasi nizomlarida belgilangan vakolatlar doirasida harakat qilgan.

Mazkur mojaro FIFAning tijoriy faoliyati bilan bog'liq rejalar ortidan yuzaga kelgan. Infantinoning Jahon chempionati va boshqa FIFA musobaqalarining tijoriy huquqlariga xususiy investitsiyalarni jalb qilish tashabbusi bir qator futbol tashkilotlarining noroziligiga sabab bo'ldi.

UEFA, OFK va KONKAKAF rahbariyati Infantinoning ushbu tashabbusidan norozi ekanini bildirib, FIFA prezidentiga nisbatan tanqidiy munosabatini ochiq namoyish etdi.

Qatar esa Infantinoni qo'llab-quvvatlayotgan davlatlardan biri bo'lib qolmoqda. Shu sababli OFK va Qatar futbol rahbariyati o'rtasidagi kelishmovchilik FIFAdagi siyosiy qarama-qarshiliklarning Osiyo futboliga ham ta'sir qilayotganini ko'rsatmoqda.

Infantinoning FIFA prezidentligidagi kelajagi masalasi esa 2027-yilgi saylovlar arafasida yanada dolzarb bo'lib bormoqda.

Manba: Daryo.uz

“Manchester Yunayted” Brunoga yangi shartnoma taklif qiladi — manba
Manba: Getty images

“Manchester Yunayted” Bruno Fernandesh bilan yangi shartnoma tuzish ustida ish olib bormoqda. Bu haqda The Athletic nashri xabar berdi.

31 yoshli yarim himoyachining amaldagi shartnomasi 2027-yilgacha mo'ljallangan bo'lib, unda yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati ham mavjud. Shunga qaramay, “Manchester Yunayted” Fernandeshni uzoq muddatga jamoada olib qolishni istamoqda.

Klubning bu qaroriga “Galatasaroy”ning “qizil iblislar” yarimhimoyachisiga bo'lgan jiddiy qiziqishi ham sabab bo'lgan. Turkiya klubi portugaliyalik futbolchiga yiliga taxminan 20 million yevro maosh taklif qilishga tayyorligi haqida xabarlar tarqaldi.

Biroq “Manchester Yunayted” Brunoni sotish niyatida emas. Klub uni jamoaning asosiy yetakchilaridan biri va uzoq yillik sardori sifatida ko'rmoqda. Fernandeshning o'zi ham hozircha klubda qolishga qarshi emasligini bildirgan.

Ma'lumot uchun, Portugaliyalik futbolchi 2020-yildan buyon “Manchester Yunayted” safida to'p surib kelmoqda. U 2023-yildan beri jamoa sardori hisoblanadi. Fernandesh 2025/26-yilgi mavsumda “Manchester Yunayted” uchun ayniqsa muhim rol o'ynadi. U Premyer Ligada 21 ta golli uzatmani amalga oshirib, turnir tarixida bir mavsumdagi assistlar bo'yicha yangi rekord o'rnatdi. Shuningdek, U APLda 35 ta uchrashuvda maydonga tushib 9 ta gol urgan.

Manba: Daryo.uz

Fransiyalik taniqli mutaxassis Senegal terma jamoasiga bosh murabbiy bo'ldi
Manba: Getty images

Fransiyalik mutaxassis Patrik Vieyra Senegal milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu 50 yoshli murabbiyning faoliyatidagi terma jamoa darajasidagi ilk boshqaruv bo'ladi.

Futbol insayderi Fabritsio Romanoning xabar berishicha, Vieyra Senegal futbol federatsiyasi bilan shartnoma imzolagan. Uning tayinlovi federatsiya tomonidan rasman tasdiqlangan. Mutaxassis darhol jamoa boshqaruvini qo'lga oladi.

Dakarda tug'ilgan Patrik Vieyra futbolchilik faoliyatining asosiy qismini Fransiya terma jamoasida o'tkazgan. U 1998-yilgi Jahon chempionati va 2000-yilgi Yevropa chempionatida g'olib chiqqan.

Vieyra klub miqyosida esa “Arsenal” safidagi faoliyati bilan alohida tanilgan. U London klubida uzoq yillar to'p tepib, 2003/04-yilgi mavsumda Angliya chempionatini mag'lubiyatsiz yakunlagan jamoaga sardorlik qilgan.

Murabbiy sifatidagi faoliyati davomida Vieyra “Nyu York Siti”, “Nitsa”, “Kristal Pelas”, “Strasburg” va “Jenoa” klublarini boshqargan. Uning so'nggi ish joyi Italiya klubi “Jenoa” bo'lgan.

Vieyra Senegal terma jamoasida Pap Tiauning o'rnini egalladi. Endilikda fransiyalik mutaxassis Jahon chempionatidan keyin yangi bosqichni boshlayotgan Senegal terma jamoasiga rahbarlik qiladi.

Manba: Daryo.uz