Instagram: Poyezdda konsert bergan Munisa Rizayeva, to'yga chiqayotgan Maryam Tillayeva, Shahlo Salayevaning turmush o'rtog'iga syurprizi
Jahon va o'zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e'tiboringizga havola qilamiz.
Kino va teatr aktyori Muhammadiso Abdulhairov 16-avgust kuni 56 yoshni qarshiladi.
Foto: Instagram
Dizyaner, bir nechta bizneslar egasi Diyora Usmonova “Saadi” nomli yangi parfyumini namoyish qildi.
Aktrisa Feruza Yusupova va turmush o'rtog'i instabloger Abduvali Sahiyev qizi bilan oilaviy vaqt o'tkazmoqda.
Munisa Rizayeva poyezddagi yo'lovchilar uchun jonli konsert qo'yib berdi.
Qiziqchi Hojiboy Tojiboyevning qizi Madinaning oilasida xursandchilik — uning o'g'li Miran 1 oylik bo'ldi.
Instabloger Bobur Mansurovning rafiqasi Fariza oilaviy suratini obunachilari bilan bo'lishdi.
Raqqosa Parizoda qizlari E'zoza va Sa'diyaning xursandchiligi u uchun barcha narsadan ustunligi haqida yozmoqda.
Xonanda Shahlo Salayeva turmush o'rtog'i Veysel Dulgerga noodatiy sovg'a hozirladi — u sun'iy intellekt orqali o'zlarining sevgi tarixi aks etgan video tayyorladi.
Aktrisa Nigina Jabborova yangi fotosessiya uyushtirdi hamda obunachilaridan ayollarning go'zallik siri haqida fikrlarini so'ramoqda.
Aktrisa Shahlo Zoriova sun'iy intellekt orqali o'zini o'tgan asrda Rim ko'chalarida tasvirladi.
O'zbekiston birinchi prezidentining nabirasi, instabloger Maryam Tillayeva to'yda qo'shiq kuylayotgani aks etgan videoni ulashdi.
Manba: Daryo.uz




