Instagram: Samarqandda o'tgan dabdabali kelinsalom, quvonchli kunini Balida nishonlagan “Ummon”chi Shohrux, otasini xotirlagan Rayhon Ulasenova

Instagram: Samarqandda o'tgan dabdabali kelinsalom, quvonchli kunini Balida nishonlagan “Ummon”chi Shohrux, otasini xotirlagan Rayhon Ulasenova

Jahon va o'zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e'tiboringizga havola qilamiz.

Munisa Rizayeva muxlislaridan sahnadagi yulduz yoki jaydari Munisadan qay biri ko'proq yoqishini so'ramoqda.

Foto: Instagram

Shirin va Nodir Zoitovlar xonadonida quvonchli kun — qizaloq Aylin 2 oylik bo'ldi. Opasi Yasmin ham singlisini tabrikladi.

Shuningdek, xonanda Dilnozning qizi Amani ham roppa-rosa 2 oylik bo'ldi. Ikki dugona farzandini bir kunda dunyoga keltirgan edi.

Instabloger Azoda Istanbulga qayta-qayta kelishining sababi tarixiy maskanlar, dengiz manzarasi, haqiqiy turk choyi ekanini yozmoqda.

“Ummon” guruhi a'zosi Shohrux rafiqasi Aziza bilan turmush qurganiga 10 yil to'lganini Bali orollarida nishonladi.

Nilufar Usmonova va do'sti Jamshid Bobojonov kechki ovqat ustida diydorlashdi.

Aktrisa, boshlovchi Rayhon Ulasenova otasi tug'ilgan sana munosabati bilan uni xotirlamoqda.

Shahzoda Muhammedova dizaynerlik, boshlovchilik, to'y xizmatlari va onalik vazifalariga ulgurishi sirini aytdi — aktrisa yumushlarini 3 oy oldindan rejalashtiradi.

Aktyor, boshlovchi Rixsitilla Abdullayev ta'tilning unutilmas lahzalari bilan bo'lishdi.

Instabloger Husnora Shodiyevaga Angliyaning “Manchester Siti” futbol klubi o'yinchilari imzosi tushirilgan futbolka sovg'a qilindi.

Samarqand shahrida ertaknamo kelinsalom marosimi bo'lib o'tdi. Dabdabali kechada O'zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova, kelinsalomchi Shahlo Zoirova hamda boshqa shou-biznes vakillari ishtirok etdi.