Instagram: Prezidentdan mukofot olgan Otabek Mahkamov, yangi mashinali bo'lgan Huvaydo Jumayeva, turmushga chiqqan “o'zbek Shakirasi”

Instagram: Prezidentdan mukofot olgan Otabek Mahkamov, yangi mashinali bo'lgan Huvaydo Jumayeva, turmushga chiqqan “o'zbek Shakirasi”

Jahon va o'zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e'tiboringizga havola qilamiz.

Xonanda Malika Ravshanova tig'iz ish kunida ham farzandlariga vaqt ajratishga ulgurmoqda.

Foto: Instagram

Aktrisa Marjona Mirzaaliyeva Dubay shahriga sayohatidan suratlari bilan bo'lishdi.

Huquqshunos, taniqli bloger va aktyor Otabek Mahkamov prezident tomonidan “Mardlik” ordeni bilan mukofotlandi. U ushbu e'tirofni marhum onasi va buvisiga hamda barcha obunachilariga bag'ishlagani haqida yozib qoldirdi.

Turk aktrisasi Tuba Buyukustun yozgi ta'tildagi suratlari bilan ko'rinish berdi.

Xonanda Shahlo Salayeva farzandi va onasining sog'lig'i uchun obunachilaridan duo so'ramoqda.

Aktrisa, boshlovchi Sitora Farmonova ukasi bilan yangi sayohat sari yo'l oldi.

Aktrisa Huvaydo Jumayeva yangi avtomobil sotib olib, quvonchini obunachilari bilan bo'lishdi.

Xonanda Ziyoda chet eldagi sayohatidan fotosessiyasini sahifasiga joyladi.

Bollivud yulduzi Kajol hazil aralash “Mening maslahatlarimga amal qilib xato qilganlarning xatolaridan ham saboq olaman”, deb yozmoqda.

Tinglovchilari orasida “o'zbek Shakirasi” nomi bilan tanilgan xonanda Maftuna Xolmurodova turmushga chiqdi. To'yda Mashhur Muhammad, Ma'murbek Xolmedov va bir qancha san'atkorlar xizmatda bo'ldi.