Afsonaviy bokschi Rufat Risqiyev 76 yoshida vafot etdi

Afsonaviy bokschi Rufat Risqiyev 76 yoshida vafot etdi

Manba: Milliy olimpiya qo'mitasi

“Toshkent yo'lbarsi” nomi bilan shurat qozongan afsona, Olimpiya o'yinlari va jahon chempionatlarida shohsupaga ko'tarilgan ilk o'zbek bokschisi Rufat Risqiyev 76 yoshida vafot etdi. Bu haqda MOQ matbuot kotibi Zafar Imomxo'jayev ma'lum qildi.

Ma'lumot uchun, Rufat Risqiyev — 1974-yilgi Jahon chempioni va 1976-yilgi Olimpiya o'yinlarining kumush medali sovrindori. AQSH, Kuba, Avstriya, sobiq Yugoslaviya, Ispaniyada o'tkazilgan xalqaro turnirlar g'olibi.

Markaziy Osiyodagi ilk xalqaro toifadagi professional boks hakami. “Hurmat Belgisi”, “Buyuk xizmatlari uchun”, “El-yurt hurmati” ordenlari kavalyeri.

Eslatib o'tamiz, 2016-yilning sentabr oyi oxirlarida Toshkent shahridagi 16-shifoxonada shifokorlar venalar trombozining og'irlashishi sababli Rufat Risqiyev o'ng oyog'ining tizzadan pastini kesib tashlash uchun jarrohlik amaliyotini o'tkazgandi.