Satpayev Chempionship klubiga ijaraga berildi
Manba: Getty Images
18 yoshli qozog'istonlik hujumchi Dastan Satpayev 2026/2027-yilgi mavsumni “Byornli” safida ijara asosida o'tkazadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Romanoning ma'lumotiga ko'ra, klublar o'rtasidagi kelishuvda futbolchini sotib olish huquqi ko'zda tutilmagan. Satpayev kelasi mavsum yakunida London klubiga qaytadi.
“Byornli” 2025/2026-yilgi Angliya Premyer Ligasi mavsumini 19-o'rinda, ya'ni turnir jadvalining so'nggi pog'onasidan bitta oldingi o'rinda yakunlab, yuqori divizionni tark etgan va Chempionshipga tushib ketgan.
Avval “Qayrat” safida to'p tepgan Satpayev joriy yozda “Chelsi” safiga qo'shilgandi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 3,5 million yevroni tashkil etadi.
Ma'lumot uchun, “Chelsi” Satpayevni 2025-yil yanvar oyida “Qayrat”dan 4,3 million yevroga sotib olgandi. Qozog'istonlik hujumchi London klubi safida “Vestern Sidney” jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushib, ilk golini kiritgan edi.
Manba: Daryo.uz




