Superliga. “Buxoro” o'z maydonida ”OKMK”ni mag'lub etdi

Superliga. “Buxoro” o'z maydonida ”OKMK”ni mag'lub etdi

Manba: “Daryo”

Futbol bo'yicha O'zbekiston Superligasining 17-tur uchrashuvlari doirasida yana bir qiziqarli o'yin bo'lib o'tdi. Buxoroning “Buxoro” jamoasi Olmaliqning “OKMK” klubini qabul qildi.

Birinchi bo'limning so'nggi daqiqasida mezbonlar hisobni ochdi. Temur Mamasidiqov burchakdan uzatgan to'pni Sherzod Esanov boshi bilan Javohir Ilyosov qo'riqlayotgan darvozaga joylab qo'ydi. Ikkinchi bo'limining 90+6 daqiqasida mezbonlar hujumchisi Vladimir Rodich o'yinga yakuniy nuqtani qo'ydi — 2:0.

Ushbu g'alabadan so'ng “Buxoro” 30 ochko bilan turnir jadvalida 3-o'rinda ko'tarilib oldi. “OKMK” esa 28 ochko bilan 4-o'rinda bormoqda.

“Buxoro” 18-tur doirasida o'z uyida “Neftchi”ni qabul qiladi. “OKMK” esa Samarqandning “Dinamo” jamoasi bilan bahs olib boradi.

O'zbekiston Superligasi, 17-tur

Gollar: 1:0 — Esanov (45+2), 0:2 — Rodich (90+6).