Superliga. “Navbahor” va “Bunyodkor” o'yinida gollar shousi, “Qizilqum” o'z uyida “Mash'al”dan ustun keldi, “Dinamo” “Xorazm” bilan durang o'ynadi

Superliga. “Navbahor” va “Bunyodkor” o'yinida gollar shousi, “Qizilqum” o'z uyida “Mash'al”dan ustun keldi, “Dinamo” “Xorazm” bilan durang o'ynadi

Manba: Kollaj/“Daryo”

Futbol bo'yicha O'zbekiston Superligasining 17-turi doirasida bir qator qiziqarli o'yinlar bo'lib o'tdi.

Kunning ilk o'yini Namangandagi “Markaziy” stadionida kechdi. Unda mezbon “Navbahor” jamoasi Toshkentning “Bunyodkor” klubi bilan bahs olib bordi.

Uchrashuv birinchi bo'limning 5-daqiqasida mezbonlar vakilli Muhammadali G'iyososv hisobni ochdi. Oradan 14-daqiqa o'tib, “lochinlar” hujumchisi Husayn Norchayev farqni ikkitaga oshirdi. Bo'lim yakunlanishiga 7 daqiqa qolganda mehmonlar straykeri Sardor Abdunabiyev hisobni bittaga qisqartirdi. Ikkinchi bo'lim avvalida “qaldirg'ochlar” yarimhimoyachisi Dmitriy Pletnyov muvozanatni tikladi. Taym o'rtasida Diyorbek Xolmatov mezbonlarni yana oldinga olib chiqdi. 70-daqiqada Ilyos Zeytullayev shogirdlari yana bir bor hisobni tenglashtirdi. Gol muallifi Faxridddin Muhammadov. 89-daqiqada “Navbahor” vingeri Ruslanbek Jiyanov yakuniy nuqtani qo'yib, mezbonlarning g'alabasini ta'minladi — 4:3.

Ushbu g'alabadan so'ng “Navbahor” ochkolari sonini 32 taga yetkazib, turnir jadvalida 3-pog'onga ko'tarildi. “Bunyodkor” esa 19 ochko bilan 13-o'ringa tushdi.

“Navabahor” 18-tur doirasida o'zi uyida “Nasaf”ni qabul qiladi. “Bunyodkor” esa “Qo'qon-1912” jamoasi bilan bahs olib boradi.

O'zbekiston Superligasi, 17-tur

“Navbahor” — “Bunyodkor” 4:3

Gollar: 1:0 — G'iyosov (5), 2:0 — Norchayev (19), 2:1 — Abdunabiyev (38), 2:2 — Pletnyov (52), 3:2 — Xolmatov (62), 3:3 — Muhammadov (38), 4:3 — Jiyanov (89).

Turning yana bir uchrashuvi Samarqandda bo'lib o'tdi. “Dinamo” o'z maydonida “Xorazm” jamoasini qabul qildi. Uchrashuv 2:2 hisobidagi jangovar durang bilan yakunlandi.

Uchrashuvning 41-daqiqasida “Xorazm” vakili Rustamjon Abduhamidov hisobni ochdi. Ikkinchi bo'lim o'rtasida mezbonlar yarimmhimoyachasi Behruzbek Obloqulov hisobni tenglashtirdi. Oradan 12 daqiqa o'tib “Dinamo” safida zaxiradan o'yinga qo'shilgan Jahongir Abdusalomov jamoasini oldinga olib chiqdi. 5 daqiqadan so'ng mehmonlar himoyachi Diyorbek Ortiqboyev muvozanatni tikladi va o'yin 2:2 hisobida yakunlandi.

Ushbu durangdan so'ng “Dinamo” 22 ochko bilan turnir jadvalida 8-o'ringa ko'tarildi. “Xorazm” esa 18 ochko bilan 12-pog'onadan joy olgan.

“Dinamo” 18-tur doirasida “OKMK” bilan uchrashadi. “Xorazm” esa “Lokomotiv”ni o'z uyida qabul qiladi.

Gollar: 0:1 — Abduhamidov (41), 1:1 — Obloqulov, (63), 1:2 — Abdusalomov (75), 2:2 — Ortiqboyev (80).

Turning yana bir o'yinida Navoiyning “Qizilqum” jamoasi Muborakning “Mash'al” klubini qabul qildi.

Birinchi bo'limning 10-daqiqasida mezbonlar hujmchisi Otabek Jo'raqo'ziyev hisobni ochdi. 34 daqiqada esa Shahzod Rahmatullayev hisobni ikkitaga oshirdi. Ushbu hisob o'yin yakuniga qadar o'zgarmadi hamda navoiyliklar kerakli 3 ochkoni qo'lga kiritdi — 2:0.

Ushbu g'alabadan so'ng “Qizilqum” 20 ochko bilan turnir jadvalida 11-o'rinda ko'tarilib oldi. “Mash'al” esa 4 ochko bilan so'nggi pog'onada bormoqda.

“Qizilqum” 18-tur doirasida “So'g'diyona” maydoniga safar qiladi. “Mash'al” esa “Andijon” jamoasi bilan bahs olib boradi.

“Qizilqum” — “Mash'al” 2:0

Gollar: 1:0 — Jo'raqo'ziyev (10), 2:0 — Rahmatulleyev (34).