Opta superkompyuteri APLning yangi mavsumida qaysi jamoa chempion bo'lishini taxmin qildi

Opta superkompyuteri APLning yangi mavsumida qaysi jamoa chempion bo'lishini taxmin qildi

Manba: Getty Images

Opta superkompyuteri Angliya Premyer Ligasining 2026/2027-yilgi mavsumi yakunlariga ko'ra qaysi jamoa chempion bo'lishini bashorat qildi. Portal hisob-kitoblariga ko'ra, yangi mavsumda chempionlik uchun eng yuqori imkoniyat Londonning “Arsenal” klubiga tegishli — 38 foiz.

O'zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov to'p tepadigan “Manchester Siti” ikkinchi pog'onadan joy olgan bo'lib, “shaharliklar”ning chempionlik imkoniyati 20,5 foizga teng. Kuchli uchlikni esa 9,2 foiz bilan “Liverpul” yakunlagan.

Jamoalarning APL 2026/2027-yilgi mavsumida chempionlik imkoniyatlari quyidagicha baholanmoqda:

“Manchester Siti” — 20,5 foiz

“Manchester Yunayted” — 6,2 foiz

Eslatib o'tamiz, ayni damda aynan “Arsenal” Angliyaning amaldagi chempioni hisoblanadi. Londonliklar 2025/2026-yilgi mavsumda 38 ta tur yakunlariga ko'ra 85 ochko to'plashga muvaffaq bo'lgan edi. Chempionatda ikkinchi o'rinni “Manchester Siti” (78 ochko), uchinchi o'rinni esa “Manchester Yunayted” (71 ochko) egallagan.