Instagram: Qudasidan brilliant uzuk olgan Rayhon Ulasenova, vaynerlarga dakki bergan Anvar Sobirov, maxsus iPhone buyurtma qilgan Durdona Qurbonova

Instagram: Qudasidan brilliant uzuk olgan Rayhon Ulasenova, vaynerlarga dakki bergan Anvar Sobirov, maxsus iPhone buyurtma qilgan Durdona Qurbonova

Jahon va o'zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e'tiboringizga havola qilamiz.

“26 yillik do'stligimiz muborak! Sen Moskvada, men Toshkentda, har birimizning o'z hayotimiz, o'z sahnamiz, o'z qo'shiqlarimiz bor. Men seni juda qadrlayman”. Xonanda Rayhon dugonasi Sogdiana bilan haqiqiy do'stligiga masofa to'sqinlik qila olmasligi haqida yozmoqda.

Foto: Instagram

Turk aktrisasi Hande Erchel yangi fotosessiyasidan suratlarni obunachilari bilan bo'lishdi.

Ra'no Shodiyeva oilasida xursandchilik — aktrisaning kichik o'g'li Amirxon buyuk alloma Abu Ali ibn Sino haqidagi tarixiy filmning bosh roliga tasdiqlandi.

Aktrisa Durdona Qurbonova o'zi uchun iPhone 17 Pro Max'ning noodatiy rangidan buyurtma qildi.

Xonanda Shahlo Ahmedova yangi surati bilan ko'rinish berdi.

“Setora” guruhi a'zosi Komila Xo'jayeva yangi qo'shiq kuylab, unga klip suratga olish jarayonida.

“Ummon” guruhi a'zosi Zohid Risqiyeva rafiqasi Kamola Ortiqova bilan Phuket orollarida hordiq chiqaryapti.

“Prezidentimiz hozirgi sharoitlarni masxarabozlik qilish uchun yaratib berayotgani yo'q”. Xonanda Anvar Sobirov ba'zi vayner hamda xonandalarning saviyasiz video va qo'shiqlaridan ranjiganini bildirdi.

Aktrisa Sitora Alimjonova umra safaridagi suratlari bilan bo'lishmoqda.

Instabloger, vayner Mo'min Ibrohimov tez kunlarga yana AQSHga sayohat qilishi haqida belgi berdi.

Kichik instabloger Yasmin malikalar libosida suratga tushdi.

Rayhon Ulasenovaning kelini Azizaxonning challari marosimi ota uyida bo'lib o'tdi. Aktrisaga qudasi brilliant uzuk sovg'a qildi.