“Amirsoy Resort” yozning eng yorqin va kutilgan voqealaridan biriga mezbonlik qiladi

“Amirsoy Resort” yozning eng yorqin va kutilgan voqealaridan biriga mezbonlik qiladi

15 va 16-avgust kunlari ilk bor dengiz sathidan 1681 metr balandlikda “Amirsoy Paradiso” loyihasining konserti bo'lib o'tadi.

Konsert O'zbekiston Davlat simfonik orkestri hamda Respublika orkestrlar va xor jamoalari Ijodiy birlashmasi ijrosida o'tkaziladi. Dirijyor — O'zbekiston xalq artisti Kamoliddin O'rinboyev.

Jahon zamonaviy klassikasining afsonaviy asarlari, kechki nafosat muhiti, Tyan-Shan tog'lari bag'ridagi yorug'lik shou va tungi sahna bezagining betakror uyg'unligi, “Amirsoy” kurortining yulduzli osmoni ostida yangraydigan iste'dodli yosh ijodkorlarning jonli ijrosi — musiqa romantikasi, his-tuyg'ular simfoniyasi va zavq-shavq energiyasi kechaning asosiy bezaklariga aylanadi.

Mehmonlarning qulayligi va komforti uchun:

Transfer — shahardan kurortgacha maxsus transfer tashkil etiladi.

Kanat yo'li — Amirsoy EXPRESS kanat yo'lida ko'tarilish va tushish chipta narxiga kiritilgan.

Welcome drink — kecha boshlanishidan avval mehmonlarni aperitivlar, yengil gazaklar va kanapelar kutib oladi.

Loyihaning birinchi konserti “Amirsoy” yulduzli osmoni ostidagi an'anaviy musiqiy kechalar turkumini ochib beradi — bu yerda uyg'unlik, go'zallik va ulug'vorlik birlashadi.

Roppa-rosa 10-yil avval, 2016-yilda, ochiq osmon ostida simfonik musiqa konsertlarining ushbu go'zal tarixi boshlangan edi. Bir necha yil davomida iste'dodli musiqachilar Alisher Navoiy nomidagi Katta teatr favvoralar maydonida minglab tomoshabinlarni jamladilar. Yorqin dasturlar, jonli ijro va ochiq maydonda tomoshabinlar qarshisida namoyon bo'lgan simfonik orkestr poytaxtning haqiqiy trendi va sevimli tadbiriga aylandi.

2019-yilda musiqachilar mamlakat bo'ylab gastrol safarlariga chiqib, viloyatlardagi tomoshabinlarni haqiqiy jonli orkestr ijrosiga oshno qildilar. O'zbekistonning barcha viloyatlarida 28 ta ajoyib konsert bo'lib o'tdi. Aynan shu tarzda respublikaning har bir hududida simfonik orkestrlar tashkil etish g'oyasi paydo bo'ldi.

Endi, oradan 10 yil o'tib, konsertlarimiz O'zbekistonning tog' cho'qqilarini zabt etmoqda. Bu safar sahnada O'zbekiston orkestrlar va xor jamoalari katta Ijodiy birlashmasi ishtirok etadi.

Har yilgi “Amirsoy Paradiso” loyihasi — musiqa, tog'lar, uyg'unlik va abadiyat timsolidir.

Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot

Manzil: Amirsoy bosh maydoni

Kunlik umumiy sig'im: 2 000 nafar mehmon

OAV va mehmonlar uchun aloqa: +998 70 199 99 99 / +998 33 002 22 02