Dollar kursi 11 900 so'mdan tushdi

Dollar kursi 11 900 so'mdan tushdi

Manba: “Daryo” / Farrux Aliyev

Markaziy bank xorijiy valyutalarning o'zbek so'miga nisbatan 6-avgustda amalda bo'ladigan qiymatini e'lon qildi.

dollar 55,49 so'mga pastlab, 11 886,72 so'm bo'ldi;

yevro 25,83 so'mga tushib, 13 717,27 so'm bo'ldi;

rubl 1,05 so'mga pastlab, 146,37 so'mni tashkil etdi.

Bundan avval dollar kursi bir kunlik ko'tarilishdan so'ng yana tushib, 11 942,21 so'm bo'lgandi. Ushbu valyuta kursi 3-avgustda 12 ming so'mdan pastlagandi.