Dollar kursi bir kunlik ko'tarilishdan so'ng yana tushdi
Manba: “Daryo” / Farrux Aliyev
Markaziy bank xorijiy valyutalarning o'zbek so'miga nisbatan 5-avgustda amalda bo'ladigan qiymatini e'lon qildi.
dollar 47,25 so'mga pastlab, 11 942,21 so'm bo'ldi;
yevro 72,35 so'mga tushib, 13 743,10 so'm bo'ldi;
rubl 2,06 so'mga pastlab, 147,42 so'mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar kursi 29,28 so'mga ko'tarilib, 11 989,46 so'm bo'lgandi. Ushbu valyuta kursi 3-avgustda 12 ming so'mdan tushgandi.
Manba: Daryo.uz




