“Leypsig”ga qarshi uchrashuvda hushidan ketgan Musialaning ahvoli haqida ma'lumot berildi

“Leypsig”ga qarshi uchrashuvda hushidan ketgan Musialaning ahvoli haqida ma'lumot berildi

Manba: FC Bayern

Myunxenning “Bavariya” klubi yarim himoyachisi Jamol Musiala “Leypsig”ga qarshi uchrashuvda harakatsiz holatda qolgan va hushidan ketgan edi.

Klubga yaqin manbalar futbolchining salomatligi bo'yicha ma'lumot berdi.

Manbaga ko'ra, futbolchi issiq ob-havo ta'sirida boshi aylangan va qon aylanishi bilan bog'liq muammoga duch kelgan. Klubda o'tkazilgan dastlabki tekshiruvlar Musialaning bir necha kundan so'ng to'liq mashg'ulotlarga qaytishi mumkinligini ko'rsatgan.

Klubning sport direktori Maks Eberl ham futbolchining holati bo'yicha jiddiy xavotir yo'qligini bildirgan. Shu bilan birga, Musiala 19-avgust kuni “Haydenhaym”ga qarshi o'tkaziladigan so'nggi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazib yuborishi kutilmoqda.

Agar tiklanish jarayoni reja bo'yicha davom etsa, 23 yoshli yarim himoyachi hafta oxirida “Borussiya Dortmund”ga qarshi Germaniya Superkubogi uchrashuvida maydonga qaytishi mumkin.

Musiala yaqinda jarohat sabab jarrohlik amaliyotidan ham o'tgandi. U mavsumoldi tayyorgarlik jarayonlarida to'liq qatnasha olmagan edi.