Rasman. Ferran Torres “PSJ” futbolchisiga aylandi
Manba: PSJ
Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” klubi 2026-yilgi Jahon chempionati finalida g'alaba goliga mualliflik qilgan Ferran Torres transferini rasman e ' lon qildi.
26 yoshli hujumchi Parij klubi bilan 2031-yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi. U yangi jamoasida 9-raqam ostida maydonga tushadi.
Torres uchun “PSJ” bosh murabbiyi Luis Enrike alohida ahamiyatga ega. Aynan Enrike Ispaniya terma jamoasini boshqargan davrda futbolchi 2020-yilda milliy jamoadagi debyutini o'tkazgan.
Ispaniyalik hujumchi 2025/2026-yilgi mavsumda “Barselona” safida barcha musobaqalarda 49 ta uchrashuv o'tkazib, 21 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ma'lumot uchun, Torres 2022-yil yanvarida “Manchester Siti”dan “Barselona”ga ko'chib o'tgandi. U Kataloniya klubida to'rt yarim mavsum davomida 207 ta uchrashuvda 65 ta gol urgan va bir qator sovrinlarni qo'lga kiritgan.
Manba: Daryo.uz




