“Real” va “Barselona” 20 yoshli futbolchiga xaridor — AS

“Real” va “Barselona” 20 yoshli futbolchiga xaridor — AS

Ispaniyaning uchta top-klubi — “Barselona”, “Real” hamda “Atletiko” Niderlandiyaning “AZ Alkmar” jamoasi yarimhimoyachisi Kes Smit uchun kurash olib boradi. Bu haqda AS nashri xabar bergan.

Manbaga ko'ra, 20 yoshli niderlandiyalik futbolchiga Angliya Premyer Ligasi jamoalaridan ham xaridorlar bor. Biroq Smitning o'zi faoliyatini Ispaniyada davom ettirishni xohlamoqda. Endilikda “AZ Alkmar” o'z iqtidorini 60 million yevro evaziga qo'yib yuborishga tayyor.

Eslatib o'tamiz, qishki transferlar oynasida “Atletiko” (Madrid) ushbu xaridni amalga oshirishga urinib ko'rgan, biroq Niderlandiya klubi o'z o'yinchisini sotishdan bosh tortgandi.

Ma'lumot uchun, o'tgan mavsumda Smit barcha turnirlar doirasida jami 46 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 10 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Yarimhimoyachining klub bilan amaldagi shartnomasi 2028-yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portaliga ko'ra, uning hozirgi bozor qiymati 25 million yevroni tashkil etadi.