DXX Kubogining Respublika bosqichiga qur'a tashlandi (foto)
Yoshlar o'rtasida o'tkazilayotgan futbol va mini-futbol bo'yicha Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) kubogining Respublika bosqichi uchun qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.
Tadbirda tashkilotchilar, futbol mutasaddilari hamda ishtirokchi jamoalar vakillari qatnashdi. Joriy yilda oltinchi marta tashkil etilayotgan mazkur musobaqa Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi barcha tuman va shaharlar kesimida jami uch bosqichda o'tkazilmoqda. Reglamentga asosan, o'g'il bolalar futbol va mini-futbol yo'nalishlarida, qizlar esa faqat mini-futbol bo'yicha ishtirok etadi.
Qur'a natijalariga ko'ra, Respublika bosqichi doirasidagi o'yinlar 17–22-avgust kunlari Toshkentdagi “Bunyodkor” akademiyasi maydonlarida bo'lib o'tadi. Musobaqaning final uchrashuvi esa 22-avgust kuni “Jar” stadionida o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Manba: Daryo.uz




