O'zbekiston Superligasi ilk bor xorijda namoyish etiladi

O'zbekiston Superligasi ilk bor xorijda namoyish etiladi

Manba: Paxtakor matbuot xizmati

Toshkentning “Paxtakor” klubi ishtirokidagi O'zbekiston Superligasi uchrashuvlari endilikda Iroqda ham namoyish etiladi. Iroqning Al Rabia Sports telekanali “Paxtakor”ning chempionat o'yinlarini translyatsiya qilish huquqini qo'lga kiritgan.

Manbaga ko'ra, “Paxtakor” uchrashuvlari Iroq hududida eksklyuziv tarzda namoyish etiladi. Translyatsiyalar “Nasaf”ga qarshi Superliga bahsidan boshlangan.

Iroq ommaviy axborot vositalarida ushbu qaror “Paxtakor” safida mamlakat terma jamoasi futbolchilari Ayman Husayn, Bashar Resan va Zayd Tahsin to'p tepayotgani bilan ham bog'lanmoqda. Shu sabab Toshkent klubining uchrashuvlariga iroqlik futbol muxlislarining qiziqishi oshgani qayd etilmoqda.

Ma'lumot uchun, hozircha Al Rabia Sports tomonidan aynan O'zbekiston Superligasidagi “Paxtakor” uchrashuvlarini namoyish etish tasdiqlangan. O'zbekiston Kubogi bahslari ham ushbu translyatsiya paketiga kirishi borasida aniq ma'lumot e'lon qilinmagan.

Al Rabia Sports telekanali