“Manchester Yunayted” Brunoga yangi shartnoma taklif qiladi — manba

“Manchester Yunayted” Brunoga yangi shartnoma taklif qiladi — manba

Manba: Getty images

“Manchester Yunayted” Bruno Fernandesh bilan yangi shartnoma tuzish ustida ish olib bormoqda. Bu haqda The Athletic nashri xabar berdi.

31 yoshli yarim himoyachining amaldagi shartnomasi 2027-yilgacha mo'ljallangan bo'lib, unda yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati ham mavjud. Shunga qaramay, “Manchester Yunayted” Fernandeshni uzoq muddatga jamoada olib qolishni istamoqda.

Klubning bu qaroriga “Galatasaroy”ning “qizil iblislar” yarimhimoyachisiga bo'lgan jiddiy qiziqishi ham sabab bo'lgan. Turkiya klubi portugaliyalik futbolchiga yiliga taxminan 20 million yevro maosh taklif qilishga tayyorligi haqida xabarlar tarqaldi.

Biroq “Manchester Yunayted” Brunoni sotish niyatida emas. Klub uni jamoaning asosiy yetakchilaridan biri va uzoq yillik sardori sifatida ko'rmoqda. Fernandeshning o'zi ham hozircha klubda qolishga qarshi emasligini bildirgan.

Ma'lumot uchun, Portugaliyalik futbolchi 2020-yildan buyon “Manchester Yunayted” safida to'p surib kelmoqda. U 2023-yildan beri jamoa sardori hisoblanadi. Fernandesh 2025/26-yilgi mavsumda “Manchester Yunayted” uchun ayniqsa muhim rol o'ynadi. U Premyer Ligada 21 ta golli uzatmani amalga oshirib, turnir tarixida bir mavsumdagi assistlar bo'yicha yangi rekord o'rnatdi. Shuningdek, U APLda 35 ta uchrashuvda maydonga tushib 9 ta gol urgan.