“Garri Islomga haddan tashqari hurmat ko'rsatgandek tuyuldi” — UFC sobiq chempioni

“Garri Islomga haddan tashqari hurmat ko'rsatgandek tuyuldi” — UFC sobiq chempioni

Manba: Kollaj/“Daryo”

UFC yarim o'rta vazn toifasining sobiq chempioni Kamaru Usman Islom Maxachev va Ian Machado Garri o'rtasidagi jang yuzasidan fikr bildirdi.

Sobiq chempion Garrining beshinchi, hal qiluvchi raundni yaxshi boshlaganini ham ta'kidladi.

“Garri beshinchi raund boshida ustunlik qildi. U zarbalar berganida muvaffaqiyatli harakat qildi. Ammo keyinchalik biroz ortiqcha tavakkal qildi. Garri Islomga haddan tashqari hurmat ko'rsatgandek tuyuldi”, deydi sobiq chempion P4P with Kamaru & Henry podkastida.

Usmanning fikricha, jangning uchinchi raundida Garri ustunlikka erishgan. Shuningdek, to'rtinchi raund ham bahsli kechgan va hisob 2:2 bo'lishi mumkin edi:

“Garri uchinchi raundda g'alaba qozondi. To'rtinchi raund esa biroz g'alati kechdi. Shu sababli hisob 2:2 bo'lishi mumkin degan savol tug'ildi. Aslida Islom 3:1 hisobida oldinda edi, ammo raundlarni boshqacha baholash ham mumkin”.

Ma'lumot uchun, Islom Maxachev 16-avgust kuni Filadelfiyada (AQSH) bo'lib o'tgan UFC 330 turnirining markaziy jangida Ian Machado Garrini hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etib, yarim o'rta vazn toifasidagi chempionlik kamarini muvaffaqiyatli himoya qilgan edi. Ushbu g'alaba evaziga dog'istonlik sportchi UFC tarixida ketma-ket 17 g'alabaga erishgan ilk jangchiga aylandi.