Golden Boy sovrini uchun asosiy favorit nomi ma'lum bo'ldi

Golden Boy sovrini uchun asosiy favorit nomi ma'lum bo'ldi

Manba: Kollaj/“Daryo”

“Barselona” himoyachisi Pau Kubarsi Golden Boy-2026 mukofotining yangi reytingida peshqadamga aylandi. 19 yoshli ispaniyalik futbolchi jamoadoshi Lamin Yamalni ortda qoldirib, yilning eng yaxshi yosh futbolchisi bo'lish uchun asosiy favorit sifatida ko'rilmoqda. Bu haqda insayder Fabritsio Romano o'zining X ijtimoiy tarmog'ida xabar berdi.

Yangilangan reytingda Kubarsidan keyingi o'rinni Yamal egallagan. Kuchli uchlikni esa yozgi transfer oynasida “Real” safiga qo'shilgan ivuarlik qanot hujumchisi Yan Diomande yakunlab bergan. Madrid klubi uni “Leypsig”dan 125 million yevro bonuslar bilan birgalikda umumiy 140 million yevro evaziga sotib olgan.

1. Pau Kubarsi — “Barselona”

2. Lamin Yamal — “Barselona”

6. Viktor Froholdt — “Portu”

9. Eli Junior Krupi — “Bornmut”

Ma'lumot uchun, Golden Boy mukofoti har yili Yevropaning yuqori divizionlarida to'p tepayotgan 21 yoshgacha bo'lgan eng yaxshi futbolchiga topshiriladi. Mukofotni bir futbolchi faoliyati davomida faqat bir marta qo'lga kiritishi mumkin. 2015-yilda mukofotni “PSJ” hujumchisi Dezire Due qo'lga kiritgan.

Agar Kubarsi yakunda g'olib bo'lsa, u Golden Boy tarixida ushbu mukofotni qo'lga kiritgan ikkinchi himoyachiga aylanishi mumkin. Bungacha ushbu natijaga 2018-yilda niderlandiyalik himoyachi Mattias de Lixt erishgan.

Kubarsining nomzodini kuchaytirayotgan omillardan biri uning Ispaniya terma jamoasidagi muvaffaqiyatli faoliyatidir. U 2026-yilgi Jahon chempionatida g'olib chiqqan va turnirning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topilgan edi.

Ma'lumot uchun, Golden Boy-2026 mukofotining taqdirlash marosimi 26-oktyabr kuni bo'lib o'tadi.