“Kalyari” hujumchisi basseynda cho'kib ketishiga sal qoldi: futbolchi reanimatsiyada

“Kalyari” hujumchisi basseynda cho'kib ketishiga sal qoldi: futbolchi reanimatsiyada

Italiyaning “Kalyari” klubi hujumchisi Yael Trepi basseynda cho'kib ketishiga sal qoldi va og'ir ahvolda shifoxonaga yotqizildi. 20 yoshli fransiyalik futbolchi hozirda Sardiniyaning Sassari shahridagi “Santissima Annunziata” shifoxonasining reanimatsiya bo'limida davolanmoqda. Bu haqda Al Jazeera nashri xabar berdi.

Hodisa 17-avgust kuni Sardiniyaning Porto-Chervo hududida yuz berdi. Manbaga ko'ra, Yael Trepi basseynda ko'p miqdorda suv yutib yuborgan va qutqaruvchilar tomonidan suvdan chiqarib olingan. Shundan so'ng u zudlik bilan shifoxonaga yetkazilgan. Mahalliy nashrlarning yozishicha, futbolchi hozirda sun'iy koma holatida.

“Kalyari” futbolchining sog'lig'i bilan bog'liq boshqa tafsilotlarni oshkor qilmagan. Biroq klub bayonotida Trepining hozirda reanimatsiyada ekani va jamoa tibbiyot xodimlari hamda futbolchining oilasi bilan doimiy aloqada bo'lib turgani qayd etilgan. Shuningdek, klub jamoatchilik va OAVdan futbolchining shaxsiy hayotiga hurmat bilan munosabatda bo'lishni so'radi.

Ma'lumot uchun, Trepi 2006-yil 20-mayda Fransiyaning Villeneuve-Saint-Jorj shahrida tug'ilgan. Futbolchilik faoliyatini Fransiyada boshlagan Trepi 2022-yilda “Kalyari” akademiyasiga qo'shilgan. 20 yoshli hujumchi 2026-yildan “Kalyari”ning asosiy jamoasida muntazam maydonga tusha boshladi.