Krishtianu Ronaldu Jorjina Rodriges bilan to'yidan so'ng soch rangini o'zgartirdi (foto)

Krishtianu Ronaldu Jorjina Rodriges bilan to'yidan so'ng soch rangini o'zgartirdi (foto)

Portugaliya milliy terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu model Jorjina Rodriges bilan turmush qurganidan so'ng imidjini o'zgartirib, sochlarini malla rangga bo'yadi. 13-avgust, payshanba kuni besh karra “Oltin to'p” sohibi o'zining Instagram sahifasida yangi soch turmagidagi suratini e'lon qildi.

Xabarlarga ko'ra, Ronaldu va Jorjinaning to'y marosimi 11-avgust, seshanba kuni bo'lib o'tgan. Avvalroq hujumchi jurnalist Pirs Morganga bergan intervyusida to'y 2026-yilgi Jahon chempionatidan so'ng va Saudiya Arabistoni chempionatining yangi mavsumi startigacha bo'lgan oraliqda o'tkazilishini aytgan edi. Ronalduning ta'kidlashicha, Rodriges dabdabali bayramlarni yoqtirmagani sababli, marosim faqat yaqinlar davrasida, yopiq formatda o'tkazilgan.

Foto: Instagram

Ma'lumot o'rnida, hozirda Ronaldu 41, Rodriges esa 32 yoshda. Ushbu juftlik 2016-yilda Madridda tanishgan. O'shanda Jorjina “Gucci” do'konida sotuvchi bo'lib ishlardi. Bugungi kunga kelib juftlikning Alana Martina va Bella Esmeralda ismli ikki qizi bor. Umuman olganda, ular besh nafar farzandni tarbiyalamoqda. Yana uch nafar farzand — kichik Krishtianu hamda egizaklar Mateo va Yeva surrogat onalar yordamida dunyoga kelgan.