UFC. Islom Maxachev Yan Gerrini mag'lub etib, o'z kamarini munosib himoya qildi

UFC. Islom Maxachev Yan Gerrini mag'lub etib, o'z kamarini munosib himoya qildi

AQSHning Filadelfiya shahrida aralash yakkakurashlar bo'yicha UFC 330 turniri bo'lib o'tdi. “Xfinity Mobile” arenasida tashkil etilgan oqshomning markaziy jangida yarim o'rta vazn toifasi chempioni rossiyalik Islom Maxachev irlandiyalik Yan Gerriga qarshi oktagonga ko'tarildi.

Chempionlik kamari uchun kechgan bahs to'liq besh raund davom etdi va unda Maxachev hakamlarning yakdil qaroriga ko'ra g'alabani qo'lga kiritdi.

Ushbu muvaffaqiyatdan so'ng rossiyalik jangchining MMA'dagi g'alabalar soni 29 taga yetdi (uning hisobida bitta mag'lubiyat bor). Eslatib o'tamiz, Islom o'zining bundan oldingi jangini Nyu-Yorkda o'tkazilgan UFC 322 turnirida avstraliyalik Jek Della Maddalenaga qarshi o'tkazib, unda ham zafar quchgan edi. Yan Gerri esa faoliyatidagi ikkinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi (17 ta g'alaba).

Shuningdek, Maxachev bu orqali UFC'dagi ketma-ket g'alabalari sonini 17 taga yetkazdi. U afsonaviy braziliyalik jangchi Anderson Silvani ortda qoldirib, promoushen tarixidagi mutlaq rekordchiga aylandi.