“Barselona” Rodri transferini hafta oxirigacha yakunlamoqchi
Manba: Getty images
“Barselona” “Manchester Siti” yarimhimoyachisi Rodri transferini hafta oxirigacha yakunlashiga ishonmoqda. Bu haqda ispaniyalik jurnalist Karlos Monfort o'zining X ijtimoiy tarmog'ida xabar berdi.
Kataloniya klubi ispaniyalik futbolchi uchun 65–70 million yevro atrofidagi summa evaziga kelishuvga erishish mumkin, deb hisoblamoqda. Avvalroq “ko'k-anorranglilar”ning 60 million yevrolik taklifi “Manchester Siti” tomonidan rad etilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Manbaga ko'ra, “shaharliklar” Rodri uchun taxminan 70–75 million yevro talab qilmoqda. Shu bois “Barselona” yangi taklif bilan muzokaralarni yakunlashga harakat qilmoqda.
30 yoshli Rodrining “Manchester Siti” bilan shartnomasi 2027-yil yozigacha amal qiladi.
Ma'lumot uchun, Rodri 2026-yilgi Jahon chempionatida Ispaniya terma jamoasi bilan g'oliblikni qo'lga kiritgan. U turnirning eng yaxshi futbolchisi sifatida ham e'tirof etilgan edi.
Manba: Daryo.uz




