Disney “Hayvonlar shahri”ning uchinchi qismi ustida ish boshladi

Disney “Hayvonlar shahri”ning uchinchi qismi ustida ish boshladi

Disney “Hayvonlar shahri 3” multfilmi ustida ish boshlaganini va uning logotipini ilk bor namoyish etganini ma'lum qildi. Ushbu franshizaning davomi haqida D23 nomli muxlislar tadbirida e'lon qilindi.

Judi obraziga ovoz bergan Jenniffer Gudvin va Ke Hyui Kuan (Garri) ham uchinchi qismga qaytishlarini tasdiqladi. Aktyorlarning so'zlariga ko'ra, yangi multfilmda tomoshabinlar ularning qahramonlarini yana bir bor ko'rishadi.

“Hayvonlar shahri”ning birinchi qismi 2016-yilda ekran yuzini ko'rib, tomoshabinlarni politsiyachi bo'lgan quyoncha Judi Hopps va tulki Nik Uayld bilan tanishtirgandi. Qahramonlar sirli bir ishni tergov qilish uchun birlashishlariga to'g'ri keladi. O'shanda multfilm 1 milliard dollardan ortiq daromad keltirgan.

Ikkinchi qismda Judi va Nik politsiyada birga ishlayotgan bo'lib, shaharga suqulib kirgan reptiliyalar bilan bog'liq ishni zimmalariga oladi. Tergov davomida ular Garri ismli ilon bilan tanishadilar. Multfilmning ikkinchi qismi ham Gollivud tarixidagi eng kassabop animatsion kartinaga aylangan.