Instagram: Tug'ilgan kunini nishonlayotgan Ra'no Shodiyeva, onasi bilan vaqt o'tkazayotgan Zuhra Soliyeva, uzoq kutilgan to'y

Instagram: Tug'ilgan kunini nishonlayotgan Ra'no Shodiyeva, onasi bilan vaqt o'tkazayotgan Zuhra Soliyeva, uzoq kutilgan to'y

Jahon va o'zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e'tiboringizga havola qilamiz.

Aktrisa Barchin G'ofurova ko'ngilni og'ritishning ham badali borligi haqidagi mulohazalarini kuzatuvchilari bilan bo'lishdi.

Foto: Instagram

Taniqli aktrisa Yulduz Rajabovaning turmush o'rtog'i, turk kinosi yulduzi Emre Kiviljim bo'sh vaqtini sport mashg'ulotlari bilan o'tkazmoqda.

Aktrisa Zuhra Soliyeva volidasi bilan suhbatlashib, vaqtini mazmunli o'tkazmoqda.

Aktrisa va bloger Muborak Abdullayeva ayni kunlarda BAAning Dubay shahrida dugonalari davrasida maroqli hordiq chiqarmoqda.

Aktrisa Gulruh Pirnazarova ilk marta borgandayoq ko'nglini zabt etgan Istanbul shahriga oltinchi marotaba sayohat qildi. Bu galgi safarni ota-onasi bilan o'tkazgan aktrisa, inson uchun hayotdagi eng yaqin do'st ota-ona ekanini alohida ta'kidladi.

Malika Ravshanovaning xonadonida xursandchilik. Bugun xonandaning to'ng'ich qizi 10 yoshga to'ldi. Shu monosabat bilan oilaning barcha a'zolari uni samimiy tabriklashdi.

Opera xonandasi Milena Madmusayeva hayotni katta teatrga, o'zini esa sahnaning old qatorda o'tirgan tomoshabinga o'xshatmoqda.

​“An-Nassr” va Portugaliya terma jamoasining 41 yoshli hujumchisi Krishtianu Ronaldu kecha, 11-avgust kuni 32 yoshli model Jorjina Rodrigesga uylandi. Juftlik ijtimoiy tarmoqlarda nikoh uzuklari aks etgan suratni joylab, bu xabarni ommaga ulashdi.

Raqqosa Parizoda katta o'zgarishlar shovqinsiz amalga oshishini ta'kidlab, tez orada yangi loyiha boshlashi haqida ma'lum qildi.

Durdona Qurbonova o'ziga sovg'a qilingan ulkan ot hamda yurak shaklidagi atirgullar fonida fotosessiya uyushtirdi.

O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Ra'no Shodiyeva bugun, 12-avgust sanasida 47 yoshni qarshi oldi. Aktrisa muxlislariga qiziqarli bo'lishi uchun o'z yoshini matematik misol ko'rinishida taqdim etdi va uni topishni kuzatuvchilariga havola qildi.