Eldor Shomurodov faoliyatini AQSH chempionatida davom ettirishi mumkin — insayder
AQSHning MLS chempionatida ishtirok etuvchi “Sent-Luis Siti” klubi Turkiyaning “Bashakshehir” jamoasida to'p surayotgan o'zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodovni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Bu haqda sport jurnalisti Og'uz Oruch xabar berdi.
Manbaning ma'lumotiga ko'ra, MLS klubi 31 yoshli hujumchining transferi bo'yicha harakat boshlagan.
Eslatin o'tamiz, Shomurodov o'tgan mavsum Turkiya Superligasida 34 ta o'yin o'tkazib, 22 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining “Bashakshehir” bilan amaldagi shartnomasi 2028-yilning iyuniga qadar mo'ljallangan. Shuningdek, u terma jamoa safida barcha vaqtlardagi eng yaxshi to'purar hisoblanadi. Shomurodov o'z vaqtida Italiyaning “Jenoa”, “Roma”, “Spetsiya” va “Kalyari” kabi taniqli klublari sharafini ham himoya qilgan.
Ma'lumot uchun, “Sent-Luis Siti” klubi 2019-yilda tashkil etilgan bo'lib, MLSdagi o'z faoliyatini 2023-yildan boshlagan. Jamoa AQSHning Missuri shtati, Sent-Luis shahrida joylashgan. Klub o'z uy uchrashuvlarini “Energizer Park” (shuningdek, CityPark nomi bilan ham tanilgan) stadionida o'tkazadi.
Manba: Daryo.uz




