Janni Infantinoni tanqid qilgan FIFA rasmiysi lavozimidan ozod etildi
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) amaliyot bo'yicha bosh direktori Kevin Lamur tashkilot prezidenti Janni Infantinoni tanqid qilgani ortidan ishdan olindi. RMC Sport xabariga ko'ra, bunga Infantinoning Jahon chempionati tijoriy huquqlarining bir qismini xususiy kompaniyalarga sotish rejasi sabab bo'lgan.
2024-yilning noyabr oyidan buyon ushbu lavozimda ishlab kelgan Lamurning iste'fosi bo'yicha batafsil ma'lumot berilmadi. FIFA Kengash a'zolariga qaror o'zaro kelishuv asosida qabul qilinganini ma'lum qilgan hamda Kevin Lamurga hurmat e'tirof etilgan. Manbaga ko'ra, uning OAVdagi chiqishlaridan so'ng ushbu iste'fo tashkilot xodimlari uchun kutilmagan holat bo'lmagan.
Ma'lumot uchun, Infantino Jahon chempionati va boshqa FIFA turnirlarining tijoriy huquqlarini himoya qiladigan yangi “FIFA Forward Enterprise” (FFE) tuzilmasining qariyb 20 foiz ulushini xususiy investorlarga sotish rejasi tufayli keskin tanqidlarga uchragan edi. Garchi u noroziliklar fonida bu g'oyasidan voz kechgan bo'lsa-da, mazkur mojaro uning kelgusi yilgi saylovlardagi imkoniyatlarini pasaytirib yubordi.
Manba: Daryo.uz




