“Barselona” chapaqay himoyachi qidirmoqda — Sport.es
Kataloniyaning “Barselona” klubi ayni damda uch nafar markaziy himoyachiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Sport.es nashri xabariga ko'ra, klubning asosiy e'tibori chapaqay futbolchilarga qaratilgan.
Manbaga ko'ra, klub qiziqish bildirayotgan nomzodlar orasida eng mashhuri “Atletik Bilbao” a'zosi Emerik Laport hisoblanadi. Ushbu futbolchi 2026-yilgi Jahon chempionatida kataloniyaliklar iqtidori Pau Kubarsi bilan markaziy himoya tandemini hosil qilgan edi.
Shuningdek, kataloniyaliklar klubi “Leypsig” a'zosi Kastello Lyukebani ham diqqat bilan kuzatmoqda. 23 yoshli himoyachining shartnomasida 80 million yevrolik tovon puli ko'rsatilganiga qaramay, nemis jamoasi uni ancha arzonroq narxga sotishga tayyor ekani aytilmoqda.
“Barselona” ro'yxatidan joy olgan uchinchi futbolchi esa “Betis” himoyachisi Natan bo'lib turibdi. Uning ham shartnomasidagi tovon puli 80 million yevroni tashkil etadi, biroq jamoasi uni pastroq summaga qo'yib yuborishga rozi. Avvalroq, Natanning agenti ham “Barselona” tomonidan mijoziga qiziqish bo'layotganini rasman tasdiqlagan edi.
Manba: Daryo.uz




