O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi Fransiya klubiga o'tishi mumkin — OAV

O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi Fransiya klubiga o'tishi mumkin — OAV

Fransiyaning“Lans” klubi o'z tarkibini o'zbekistonlik futbolchi bilan kuchaytirmoqchi. Jamoa skautlari Ozarbayjonning “Sabah” klubida to'p surayotgan 22 yoshli yarimhimoyachi Umarali Rahmonaliyevga jiddiy qiziqish bildirgan.

Ozarbayjonning 90plus.media nashri bergan xabarga ko'ra, fransuz klubi futbolchining harakatlarini ancha vaqtdan beri kuzatib kelmoqda. Tez orada “Lans” ushbu transfer bo'yicha “Sabah” rahbariyatiga rasmiy taklif yuborishi kutilmoqda.

Ma'lumot o'rnida, Rahmonaliyev “Sabah”ning Ozarbayjon chempionligi va Kubogini qo'lga kiritishida muhim rol o'ynadi. Shuningdek, u Chempionlar Ligasi saralash bahslarida ham asosiy tarkibning ajralmas qismiga aylangan. O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi bo'lgan Rahmonaliyevning Transfermarkt nashridagi hozirgi bozor qiymati 1,2 million yevroga baholanmoqda.

Eslatib o'tamiz, “Lans”ning o'zbekistonlik futbolchilarga qiziqishiga Abduqodir Husanovning muvaffaqiyati sabab bo'lgan. O'z vaqtida aynan ushbu jamoada to'p surgan himoyachi bugungi kunda “Manchester Siti” sharafini himoya qilmoqda. Qolaversa, “Lans” avvalroq 18 yoshli yana bir o'zbekistonlik umidli futbolchi — Behruz Karimovning ham o'yinlarini kuzatayotgani xabar qilingan edi.

O'zbekiston terma jamoasi