Superligada avtogollar kuni: “Qo'qon-1912” o'z maydonida “Lokomotiv”ni mag'lub etdi

Superligada avtogollar kuni: “Qo'qon-1912” o'z maydonida “Lokomotiv”ni mag'lub etdi

Manba: Lokomotiv FC

Futbol bo'yicha O'zbekiston Superligasining 17-turi doirasidagi yettingchi uchrashuv yakunlandi. Unda “Qo'qon-1912” jamoasi Toshkentning “Lokomotiv” klubini qabul qildi.

Birinchi bo'limning 8-daqiqasida mezbonlar hisobni ochdi. “Temiryo'lchilar” himoyachisI Oleksandr Kucherenko o'z darvozasini ishg'ol qildi. Oradan 4 daqiqa o'tar-o'tmas “Qo'qon-1912” jamoasi hujumchisi Silvanus Nimeli farqni ikkitaga oshirdi. Asosiy vaqtning so'nggi 10-daqiqasida mehmonlar hisobni qisqartirdi. Oleg Zoteyevning zarbasidan so'ng qo'qonliklar yarimhimoyachisi Shota Gvaraza o'z darvozasiga gol urib qo'ydi. — 2:1.

Ushbu g'alabadan so'ng “Qo'qon-1912” 15 ochko bilan turnir jadvalida 15-o'rinda bormoqda. “Lokomotiv” esa 28 ochko bilan 7-o'rindan joy olgan.

“Qo'qon-1912” 18-tur doirasida mehmonda “Bunyodkor” bilan bahs olib boradi. “Lokomotiv” esa “Xorazm” jamoasiga qarshi o'ynaydi.

O'zbekiston Superligasi, 17-tur

“Qo'qon-1912” — “Lokomotiv” 2:1

Gollar: 1:0 — Kecherenko, avtogol (8), 2:0 — Nimeli (12), 2:1 — Gvaraza, avtogol(12)