Og'ir xastaligiga qaramay 71 yoshli Bryus Uillis qizining to'yida ishtirok etdi
8-avgust kuni Bryus Uillis va Demi Murning kenja qizi, 32 yoshli Tallula Uillis musiqachi Jastin Eysiga turmushga chiqdi.
Juftlik AQSHdagi Tallulaning uyida ixchamgina oilaviy to'y marosimini o'tkazdi. Kelin Balenciaga libosida, kuyov esa klassik smokingda ko'rinish berdi.
Mehmonlar orasida juftlikning do'stlari va qarindoshlari, jumladan, kelinning mashhur aktyorlar juftligi bo'lgan ota-onasi ham bor edi. Og'ir xastaligiga qaramay, 71 yoshli Uillis ham tadbirga tashrif buyurdi — Gollivud aktyori kalta yengli ko'ylak, shim va shlyapa kiyib olgandi.
Eslatib o'tamiz, Bryus Uillis demensiyaning og'ir shakli bilan kurashmoqda. Aktyor so'zlashish, o'qish va ba'zan yaqinlarini tanish qobiliyatini yo'qotayotgan bo'lsa-da, uning yonida rafiqasi Emma, sobiq rafiqasi Demi Mur va besh nafar qizi hamisha yonida. Oilasi u bilan har bir lahzani qadrlashga, ijtimoiy tarmoqlar orqali muxlislarga uning holati haqida ma'lumot berib boradi.
Bryus Uillis 71 yoshda: demensiya bilan kurashayotgan aktyor Gollivud tarixida qanday iz qoldirdi?
Manba: Daryo.uz




