Roberto Karlos Islom dinini qabul qildi — OAV

Roberto Karlos Islom dinini qabul qildi — OAV

Braziliya terma jamoasi hamda Madridning “Real” klubi sobiq futbolchisi Roberto Karlos Islom dinini qabul qildi. Bu haqda Turkiya parlamenti deputati Ali Shahinga tayanib, Ria Novosti nashri xabar qildi.

“Braziliya musulmonlari jamoatchiligi vakili Jihod Hammada jahon va Braziliya futboli afsonasi, Turkiyaning 'Fenerbaxche' klubi sobiq a'zosi Roberto Karlos bilan uzoq vaqt davomida aloqada bo'lib kelgani, bundan to'rt hafta oldin sobiq futbolchi uning oldiga kelib, shahodat kalimasini keltirgani va Islom dinini qabul qilgani haqidagi xabar bilan o'rtoqlashdi”, deya Shahinning so'zlarini keltirmoqda haberler.com nashri.

Ma'lumot o'rnida, 53 yoshli Roberto Karlos “Real” tarkibida uch karra Chempionlar Ligasi g'olibiga aylangan. Shuningdek, u Madrid klubi bilan birga to'rt marta Ispaniya chempionatida, uch marta Ispaniya Superkubogida, ikki marta Qit'alararo kubokda va bir bor UEFA Superkubogida zafar quchgan.

Braziliya terma jamoasi safida Roberto Karlos Jahon chempioni (2002-yil) va ikki karra Amerika Kubogi sohibi (1997, 1999-yillar) bo'lgan.