Superliga. “Dinamo” mehmonda “OKMK”ni mag'lub etdi

Superliga. “Dinamo” mehmonda “OKMK”ni mag'lub etdi

Manba: “OKMK” matbuot xizmati

Futbol bo'yicha O'zbekiston Superligasining 18-turi doirasida navbatdagi uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda Olmaliqning “OKMK” jamoasi o'z maydonida Samarqandning “Dinamo” klubini qabul qildi.

Qiziqarli va kurashlarga boy kechgan o'yin mehmonlarning kichik hisobdagi g'alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvdagi yagona va hal qiluvchi gol 50-daqiqada samarqandliklar hujumchisi Firdavs Abdurahmonov tomonidan kiritildi — 0:1.

O'yinning qolgan qismida darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi va “Dinamo” safardan muhim 3 ochko bilan qaytadigan bo'ldi.

Ushbu g'alabadan so'ng ochkolari sonini 25 taga yetkazib olgan “Dinamo” turnir jadvalida 6-o'ringa ko'tarilib oldi. “OKMK” esa 29 ochko bilan 5-pog'onani band etib turibdi.“OKMK” 19-tur doirasida mehmonda “Surxon” bilan bahs olib boradi. “Dinamo” esa Toshkentning “Paxtakor” jamoasiga qarshi o'ynaydi.

O'zbekiston Superligasi, 18-tur

Gollar: 0:1 — Abdurahmonov (50).