Mourinyo: “Yamal uchun 'Real'da joy yo'q”
Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo “Barselona” hujumchisi Lamin Yamalni o'z jamoasida ko'rishni istamasligini bildirdi. Portugaliyalik mutaxassis Ispaniyaning El Chiringuito nashriga bergan intervyusida ushbu masala bo'yicha gapirdi.
“Laminni 'Real'da ko'rishni xohlarmidingiz?” degan savolga Mourinyo quyidagicha javob berdi:
“Yo'q. Shubhasiz, u ajoyib futbolchi, ulkan salohiyatga ega yosh iqtidor. Bunday yoshda Yevropa va jahon chempioni bo'lish chinakamiga noyob holat. Biroq bizda shundoq ham top-darajadagi tarkib yig'ilgan va men hech kim uchun jamoadan maxsus joy ochib bermasdim. Hozir bular mening yigitlarim. Men uchun esa o'zimning futbolchilarim doim hammadan zo'r!”.
Ma'lumot uchun, Joze Mourinyo 18-avgust kuni rasman “Real” bosh murabbiyi sifatida tanishtirilgan edi. Uning Madrid klubi bilan tuzgan shartnomasi 2029-yilga qadar mo'ljallangan.
Eslatib o'tamiz, Lamin Yamal yetakchiligidagi Ispaniya terma jamoasi AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida bo'lib o'tgan Jahon chempionatida g'alaba qozondi. “Qizil furiya” final bahsida Argentinani 1:0 hisobida mag'lub etib, bosh sovringa ega chiqdi.
Manba: Daryo.uz




