Erling Holand mashg'ulotlarga qaytdi
Manba: Getty Images
Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Holand 2026-yilgi Jahon chempionatidagi ishtiroki sababli berilgan qo'shimcha ta'tildan so'ng Angliyaning “Manchester Siti” klubi mashg'ulotlariga qo'shildi.
Goal xabariga ko'ra, Holand bilan birga yana besh futbolchi mashg'ulotlarga qaytdi. Ular orasida belgiyalik vinger Jeremi Doku, angliyalik futbolchilar — Elliot Anderson, Mark Gexi va Niko O'Rayli, shuningdek, fransiyalik yarimhimoyachi Rayan Sherki ham bor.
Futbolchilar yozda yakunlangan Jahon chempionatidan so'ng qo'shimcha ta'til olgan va shu sababli jamoaga boshqalardan kechroq qo'shilgan. Ushbu futbolchilar klubning Osiyo turnesida ham ishtirok etmadi.
“Manchester Siti” 2026/27-yilgi mavsumdagi ilk rasmiy uchrashuvini 16-avgust kuni o'tkazadi. Jamoa Angliya Superkubogida “Arsenal”ga qarshi maydonga tushadi. Yangi mavsumning ilk sovrini uchun bahs Kardiff shahrida bo'lib o'tadi.
O'tgan mavsum yakunlariga ko'ra, Angliyaning 10 karra chempioni “Manchester Siti” Premyer Ligada ikkinchi o'rin bilan kifoyalandi. Yangi mavsumda Enso Mareska jamoaga murabbiylik qiladi. U Pep Gvardiolaning o'rnini egalladi.
Manba: Daryo.uz




