“Manchester Siti” Rodriga o'rinbosar topdi — Romano
“Manchester Siti” Rodrining “Barselona”ga sotilishi ortidan Fransiyaning “Lill” jamoasi yarimhimoyachisi Ayyub Buaddi transferi uchun harakat boshladi. Insayder Fabrisio Romanoning ma'lum qilishicha, 18 yoshli marokashlik futbolchi ingliz klubi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini allaqachon kelishib olgan. Uning Angliyaga ko'chib o'tishi bir yildan keyin emas, aynan shu yozda amalga oshishi kutilmoqda.
“Shaharliklar” yaqin soatlar ichida “Lill” rahbariyati bilan muzokaralarning navbatdagi bosqichini o'tkazadi. Buaddining transferi faqat vaqt masalasi ekani ta'kidlanmoqda.
Ma'lumot o'rnida, Ayyub Buaddi “Lill” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U asosiy jamoada 2023/24-yilgi mavsumda, 16 yoshida debyut qilgan. Yarimhimoyachi ortda qolgan 2025/26-yilgi mavsumda jami 42 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Eslatib o'tamiz, avvalroq “Manchester Siti” Rodrini “Barselona”ga 76,5 million yevro evaziga sotgani haqida xabar berilgan edi.
Manba: Daryo.uz




