Islom Maxachev UFC 330 turnirida qancha gonorar ishlab oldi?
Filadelfiyada bo'lib o'tgan UFC 330 turnirida ishtirok etgan jangchilarning taxminiy gonorarlari ma'lum bo'ldi. Musobaqaning markaziy jangida Islom Maxachev Yan Machado Garrini hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etdi va yarim o'rta vazn toifasidagi chempionlik kamarini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Ushbu g'alaba evaziga rossiyalik jangchining turnirdagi umumiy daromadi taxminan 4,14 million dollarni tashkil etdi. Uning raqibi Yan Machado Garri esa 2,061 million dollar gonorar bilan ikkinchi ko'rsatkichni qayd etdi. Kuchli uchlikni esa 1,64 million dollar gonorar bilan Makkenzi Dern yakunlab berdi.
UFC 330 turnirining eng yuqori gonorar olgan jangchilari:
Islom Maxachev — 4,14 mln dollar
Yan Machado Garri — 2,061 mln dollar
Makkenzi Dern — 1,64 mln dollar
Jillian Robertson — 875 ming dollar
Nil Magni — 621 ming dollar
Visente Lukke — 521 ming dollar
Jalin Tyorner — 465 ming dollar
Edson Barbosa — 421 ming dollar
Charlz Jonson — 415 ming dollar
Ma'lumot uchun, Islom Maxachev ushbu g'alaba evaziga UFC'dagi ketma-ket g'alabalari seriyasini 17 taga yetkazdi. U afsonaviy Anderson Silvani (16 ta g'alaba) ortda qoldirgan holda, promoushen tarixida ketma-ket g'alaba qozonish bo'yicha mutlaq rekordchiga aylandi.
Manba: Daryo.uz




